O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hoji ota va onalarning jamiyat orasida mavqe’lari o‘ta yuqori

 
 

“Hajga borgan o‘zbekistonlikdan madaniyat

va ilmning hidi kelishi kerak”.

Shavkat Mirziyoev

31 oktyabr kuni 2018 yilgi haj mavsumiga borib qaytgan Hoji ota va hoji onalar bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu gal uchrashuv Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi.

Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash ishlarida hoji ota va hoji onalarning rolini oshirish, ularning xalq orasida alohida hurmatga sazovor ekanligini e’iborga olgan holda kishilar ma’naviyatini yuksaltirish va ijtimoiy illatlarga qarshi kurashish ishlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlar oktyabr oyi boshidan beri davom etib kelyapti.

Hojilarimiz maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar, jazoni o‘tash mauassasalaridagilarning oila a’zolari, ijtimoiy og‘ir holdagi oilalarga tashrif buyurib, ularga ma’naviy-ruhiy ko‘mak berish, muammolarini bartaraf etishga yordamlashish, ijtimoiylashuvlariga ko‘maklashish kabi ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Darhaqiqat, xalqimiz azal-azaldan hoji ota va hoji onalarni ardoqlab, ulardagi pokiza ruhdan nasibador bo‘lishga intiladilar va ularning nasihatlari hamisha ta’sirchan va umummanfaatli bo‘lgan. Zero hadisi sharifda “Kim Alloh uchun haj ibodatini nojo‘ya so‘z so‘zlamay, fisqu-fujur qilmay ado etsa, onasidan tug‘ilgan kunidagidek (gunohlardan poklanib) qaytadi”,- deyilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1636
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hoji-ota-va-onalarning-jamiyat-orasida-mavqelari-ota-yuqori
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing