O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Haj safariga otlanayotganlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdi

 
 

Joriy yilgi Haj mavsumi ham boshlanish arafasida. Barcha safarga shay, jomadonlar taxt holda, bo‘lajak hojilarimiz haj arkonlarini puxta o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Guruh rahbarlari tomonidan ham ularni hajga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinyapti.

Tayyorgarliklar asnosida viloyatimizdagi diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlarga tashriflar ham uyushtirilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahar Shohi Zinda jome masjidi imom noibi va guruh rahbari sifatida hajga otlangan A.Sultonov o‘zi rahbarlik qilayotgan guruh bilan birgalikda Imom Buxoriy majmuasini zayorat qildilar. Ziyorat asnosida mehmonlarga Imom Buxoriy hazratlari hayoti va ijodi, majmua tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

Buyuk safar oldidan amalga oshirilgan ziyoratdan bir olam tassurotlar olindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/07/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1637
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/haj-safariga-otlanayotganlar-imom-buxoriy-majmuasini-ziyorat-qilishdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 20:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing