O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Davriy nashrlarimizda: Imom-xatiblik – ham sharaf, ham mas'uliyat

 
 

Dinimiz ta'limotla­ri­ni insonlarga yetkazish va bu yo‘lda ularga mual­limlik qilish – g‘oyat sha­rafli vazifa. Chunki bu ra­sullar va nabiylar­­ning yo‘lidir. Eng muhi­mi, imom-xatib­lar Ra­su­lulloh sollallohu alay­hi va sallamning ma'naviy meros­xo‘rlari hisoblanadi. Imom-xa­tiblik sharafli vazifa bo‘lishi bilan birga o‘ta mas'uliyatli ham­dir. Chunki imomning birgina xatosi yoki e'tiborsizligi oqibatida ko‘plab odamlar adashishi mumkin. Shuning uchun imom-xatib­lar doimo o‘z ustlarida ishlab, ilm va tajribalarini oshirish­lari, xalq­ni, millatni doim to‘g‘ri yo‘lga da'vat etishlari lozim.

Qadimdan diyorimizda ilm ahlining, imom-xatib­larning mavqei baland bo‘lgan. Bugun ham ularga bo‘lgan talab va ishonch har qachongidan yuqori. Muhtaram Yurtboshimiz: “Imom-xatiblar keng jamoatchilik orasida mamlakatimizda hukm surayot­gan tinchlik va xotirjamlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday barqaror va osoyishta muhit osmondan tushmayotganini tar­g‘ib etish, ota-bobolarimiz ming yil­lardan buyon pok saq­lab kelayotgan Islom dini har qanday zo‘ravon­likka, buz­g‘unchilikka, be­gunoh inson­larning qoni­ni to‘kishga mutlaqo qarshi ekanini oyat va hadislar asosida, jonli misollar yordamida ta'sirchan yetkazib berishlari zarur”, deya ta'kidladilar.

Darhaqiqat, imom-xatiblarimiz oldida ulkan vazifalar juda ko‘p. Ular xalqqa diniy ta'limotlarni o‘rgatish bilan bir qatorda tinchligimiz va xavf­sizligimizga raxna sola­digan turli oqim va fir­qalarning kirdikorla­ri, zararlari haqida ham ma'lumotlar berib borish­lari g‘oyatda muhimdir. Aks holda jamiyat orasida lo­qaydlik va beparvolik yuza­ga keladi. Mana shu nuq­tai nazardan ham imom-xa­tib doimo ogoh bo‘lishga va boshqalarni ham shunga targ‘ib etishga burchlidir.

Shuningdek, bizga berilgan tinchlik ne'matini qadrlab, uning shukronasi­ni qilishda boshqalarga namuna bo‘lishlari ham ayni muddaodir. Zero, Alloh taolo: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman» deb mar­hamat qiladi (Ibrohim su­rasi, 7-oyat).

Alloh taolo yurtimizni hamisha tinch va obod aylasin, xalqimizning ma'naviyati yuksak bo‘lishini nasib etsin. Barchamizni O‘ziga ko‘p shukr qiluvchi bandalaridan qilsin!

Shahobiddin PARPIYEV,

Asaka tumani bosh

imom-xatibi

 

“Hidoyat” jurnalining 6-sonidan olindi


Kiritilgan vaqti: 15/12/2020 15:53;   Ko‘rilganligi: 1132
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/davriy-nashrlarimizda-imom-xatiblik-ham-sharaf-ham-masuliyat
Chop etilgan vaqti: 23/11/2025 08:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing