Chechenistonlik mehmonlarning Samarqandga tashrifi amalga oshirildi
Xabar berganimizdek, Chechenistonlik mehmonlarning tashrifi viloyatimizda davom etmoqda. Mehmonlarning tashrifi Imom Buxoriy qadamjosining ziyorati bilan davom etdi. Ziyorat so‘ngida Qur'on tilovati qilinib, Imom Buxoriy hazratlarining haqlariga va barcha marhum mo‘min musulmonlar haqqiga duolar qilindi. Shuning bilan birga mehmonlar “Imom Buxoriy” xalqaro tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini, Hazrati Hizr va Shohi Zinda majmualarini ziyorat qildilar. Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar hamrohlik qildidar.
O‘zekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 02/12/2021 14:50; Ko‘rilganligi: 974
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:46