O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun targ‘ibot guruhi tarkibidagi ulamolarning Samarqand viloyatiga qilgan amaliy tashrifining ikkinchi kuni boshlandi.

 
 

Toshkent shahri “Siroji Solih” masjidi imom-xatibi H.Qodirov, Toshkent shahar Yakkasaroy jome' masjidi imom-xatibi S.Toshanovlar Bulung‘ur tumani “Olomon” jome' masjidi imom-xatibi A.Murodov hamrohligida viloyatning Bulung‘ur tumaniga yo‘l olishib, dastlab tumandagi “Amir Hamza” jome' masjidi qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar qurilishi deyarli yakuniga yetayotgan masjidda namozxonlar uchun yaratilishi nazarda tutilgan sharoitlar bilan qiziqishdi. Masjid ma'muriyati bilan bo‘lib o‘tgan qisqa muloqot chog‘ida respublikamizda kishilar e'tiqod erkinligining to‘la kafolatlanayotgani masjid va madrasalarning batamom ko‘rkam qiyofa kasb etishiga asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

Tashriflar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 11:54;   Ko‘rilganligi: 937
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-targibot-guruhi-tarkibidagi-ulamolarning-samarqand-viloyatiga-qilgan-amaliy-tashrifining-ikkinchi-kuni-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing