Bosh imom-xatiblar ZOOM video konferensiyasi orqali onlayn yig‘ilishda ishtirok etdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan zamonaviy texnologiya va usullardan foydalangan holda ZOOM platformasi orqali shahar va tuman bosh imom-xatiblari bilan onlayn yig‘ilish tashkil qilindi.
Yig‘ilishni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov olib bordi va quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: Karantin qoidalariga qat'iy amal qilish, imom-xatiblar karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatlarini yanada jonlantirish, OAV larida dolzarb va mazmunli maqola, video va audio chiqishlarni ko‘paytirsh va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bosh imom-xatiblar berilgan topshiriqlarni o‘zlari uchun belgilab oldilar va joylardagi imom-xatiblarga yetkazishni zimmalariga oldilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 03/06/2020 19:24; Ko‘rilganligi: 1079
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 23:34