O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BOSH IMOM-XATIB "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASIDA FAOL

 
 

Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi izchil davom etmoqda. Xususan, bugun Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla boshchiligida Juma namozidan oldin Samarqand shahridagi "Yangiobod" jome masjidi hududida umummiliy loyiha doirasida ko‘chatlar ekildi.

Zero, Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar bir muslim banda ko‘chat o‘tkazsa yoki ekin eksa, undan qushmi, insonmi yoki hayvonmi yesa, buning uchun unga sadaqa (qilganlik savobi) bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati), deb marhamat qilganlar.

Samarqand viloyati bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda.

Camarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/10/2023 08:50;   Ko‘rilganligi: 639
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bosh-imom-xatib-yashil-makon-umummilliy-loyihasida-faol
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing