O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bo‘lajak hojilar hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

 
 

Vazilar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qaroriga asosan hajga borishga nomzodlar mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida alohida tartib bilan saralanmoqda.

Hajga boruvchilar, mahalla faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari, imomlar, profilaktika inspektorlari va boshqa tashkilot vakillari fuqarolarga murabbiy sifatida biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

10-14 aprel kunlari oralig‘ida viloyat hokimligi tomonidan mazkur murabbiylar tomonidan olib borilgan ishlar holatini o‘rganish hamda ularga zarur tavsiyalar berish yuzasidan suhbatlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ishchi guruhi tarkibiga viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, bosh imom xatib o‘rinbosari X.Sattorov joylarda uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Bugunga qadar, Samarqand shahri va Samarqand, Urgut va Pastdarg‘om tumanida mavzuga oid uchrashuvlar o‘tkazilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/04/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1709
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bolajak-hojilar-hamkorligi-yolga-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing