1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"
Yosh avlodning sog‘lom, baxtli bo‘lishi, ma'naviy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, shuningdek jamiyat uchun foydali inson bo‘lib voyaga yetishida barchamiz mas'ulmiz.
Bugun jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifa – farzandlarimizni aqlli, odobli, bilimli qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ular ishonchli himoya ostida bo‘lishlari va o‘z hayotini muakkammal darajada yo‘lga qo‘yishlari uchun biz barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Yurtimizda iqtidorli bolalar juda ko‘p. Shu munosabat bilan viloyatimizda faoloiyat yuritayotgan tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi navbatdagi sayyor yig‘ilishdan oldin tumandagi kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalardagi bolalarning holidan xabar olindi. Aziz bolajonlarimizga bayram muborak bo‘lsin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 01/06/2021 12:33; Ko‘rilganligi: 1012
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:52