O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xalqaro hamkorlik

IMOM BUXORIY MAJMUASIGA BANGLADESh XALQ RESPUBLIKASI PREZIDENTI MUHAMMAD ABDUL HAMID TASHRIF BUYURDI

 
 

18 iyun kuni yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Ziyorat davomida delegatsiya a'zolariga majmua tarixi, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalarda, jumladan, ma'naviy-madaniy va diniy-ma'rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.

Ma'lumki, yurtimizda so‘ngi yillarda ushbu yo‘nalishda jahon hamjamiyatining e'tirofi, xalqimizning e'tibori va ehtiromiga sabab bo‘lgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugun butun dunyo O‘zbekistonni ilm-ma'rifat markazi sifatida tan olmoqda. Mazkur mehmonlarning tashrifi ham yurtimizdagi islohotlarning tobora olamshumul ahamiyat kasb etayotganining amaliy ifodasidir.

Mehmonlar tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildilar. Bangladesh prezidenti Samarqanddagi “Hazrati Hizr” kompleksi ziyorati davomida Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yuksak martabali mehmonga majmua bo‘ylab manzarali ekskursiya tashkil etildi va uning doirasida kompleksning barpo etilishi hamda O‘zbekiston birinchi prezidentining hayotiga oid ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, oliy martabali mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1381
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/international-cooperation/imom-buxoriy-majmuasiga-bangladesh-xalq-respublikasi-prezidenti-muhammad-abdul-hamid-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing