O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

 
 

Islomda ulamolar, xalq xizmatchilari va yoshi ulug‘larni hurmat qilishga alohida targ‘ib qilinadi. Sababi ular din va xalq manfaati yo‘lida boshqalardan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladilar. Bu yo‘lda uchraydigan turli sinovlarga bardosh qilib, umrini din, xalq manfaati yo‘liga bag‘ishlaydi.

Shu munosabat bilan bugun ko‘hna Samarqandda joylashgan “Buyuk” bazmgohida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi bilan va “Sam Sherin 786” kompaniyasining homiyligida viloyatimizda yashab ko‘p yillar dinimiz yo‘lida xizmat qilib o‘tgan ustozlarni xotirlash hamda hozirda xizmat qilib turgan faxriy ustozlarni qadrlash maqsadida “Samarqandda yashab o‘tgan olim va ulamolarni xotirlash va qadrlash” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga bu foniy dunyoni tark qilgan ustozlarning oila a'zolari va hozirda xizmat qilib turgan faxriy ustoz domlalarimiz hamda joylardagi tuman va shahar bosh imom-xatiblari tashrif buyurdilar.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ochib berdilar. Shundan so‘ng, so‘z Shayx Alijon qoriga berildi. Ustoz Qori domla mazkur tadbirni o‘zlarining mazmunli va ta'sirli ma'ruzalari bilan davom ettirdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga viloyatimizda din yo‘lida uzoq yillar xizmat qilib o‘tgan ustozlarning hayot yo‘llari va qilib o‘tgan xayrli ishlari aks etgan videolavha namoyish qilindi.
Tadbir so‘ngida ustozlar yurtimiz tinchligi va ravnaqi, osmonimiz musaffoligini Alloh taolodan so‘rab xayrli duolar qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/05/2023 16:45;   Ko‘rilganligi: 863
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/ustozlarga-ehtirom-korsatildi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 18:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing