Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Elita akademik maktabi nodavlat ta'lim” muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Mahmudjon domla Ibodullayev, Yoqubjon domla Mansurov, tuman hokimligi mas'ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Elita akademik maktabi o‘quvchilari va ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi so‘zga chiqib, ushbu zamonaviy ta'lim maskani keyingi yillarda yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bo‘lib, bu yerda ta'lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lib, ertaga yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratadigan xalqaro andozalarga mos mutaxassislar bo‘lib voyaga yetishini ta'kidladi.
Tadbir so‘ngida Xalqimiz farovonligi, el-yurtimiz tinchligi, olib borilayotgan ulkan ijobiy islohotlar yanada ravnaq topishi, hayotimizning yanada farovon bo‘lishini tilab, xayrli duolar qilindi.





O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 10/08/2022 11:19; Ko‘rilganligi: 1174
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 21:10





















