O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Ramazon saxovat oyidir

 
 

Ramazonda xususan sadaqa va xayru ehsonlarning savobi yanada ko‘p va ajri ulug‘ bo‘ladi. Shu bois, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonda har doyimgidan ham ko‘ra ko‘proq saxovat qilar edilar, hatto, Ibn Abbos roziyallohu anhumoning ta'biri bilan aytganda, erkin shamoldan ham saxovatli bo‘lib ketardilar. Shuning uchun ham musulmonlar qadimdan zakot ibodatini Ramazon oyida ado etishga odatlanishgan.

Erkin shamol – bu aynan biror tomonga yo‘naltirilgan emas, balki har tarafga yetadigan shamoldir. Bunday shamolning bahrasi hammaga, uchraganki kishiga tegadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Ramazonda saxovat qilishda xuddi o‘shanday shamolga o‘xshab ketar edilar, u zot shu qadar qo‘li ochiq bo‘lib ketardilarki, buni oddiy so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaganidan Ibn abbos roziyallohu anhumo mazkur ta'birni ishlatishni ma'qul ko‘rganlar.

Har jihatdan o‘rnak va namuna bo‘lish diniy soha vakillari, xususan imom xatiblarga xos fazilatdir. Samarqand viloyatining Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan imom xatiblar tuman bosh imom xatibi Sh. Haqberdiyev boshchiligida saxvatpesha insonlar ko‘magi bilan Urgut tumanida joylashgan “Urgut muruvvat va nogironlar uchun internat uyi”da saxovat tadbiri o‘tkazdi. Bugungi kunda 445 nafar 1 va 2 guruh vasiylikka olingan va ruhiy kasallikka chalingan nogironligi bo‘lganlar davolanayotgan ushbu maskanga to‘rt million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi. Ulug‘ ayyom kunlarida ko‘ngli yarim insonlar holidan xabar olishdek xayrli va savobli ish bo‘lmasa kerak. Viloyatimiz bo‘ylab imom xatiblarimiz tomonidan shu kabi savobli tadbirlar davom eadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1484
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/ramazon-saxovat-oyidir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 22:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing