O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

Muhaddislarni o‘rganamiz

 
 

Davr mashaqqatlariga qaramasdan hayotlarini ilm-ma’rifatga bog‘lagan, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning aytgan so‘zlarini to‘g‘riligicha jamlagan, ilm yo‘lida zolimlarga bo‘yin egmagan, o‘zlaridan keyin boy meroslarni qoldirgan buyuk muhaddislar bilan tanishamiz. Ularning avvalgisi Imom al-Buxoriy

U zot Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Bardizba Ju’fiy Buxoriydir.

Imom Buxoriyning katta bobosi Mug‘iyra Buxoroning voliysi Yamon Ju’fiyning qo‘lida islomga kirgan. Shuning uchun Ju’fiy deb nisbat berilgan (buni viloyat, mavlo deyiladi).

Imom Buxoriy hijriy 194 — yilda Buxoro shahrida tug‘ildi. Yetim bo‘lib o‘sdilar. O‘n yoshga yetmay hadis yodlashga kirishdilar. 16 yoshlarida onalari va akasi bilan Makkaga safar kildilar va xaj farzini ado etdilar. Xadis, usul va fiqh ulamolaridan ilm olish maqsadida bir muncha vaqt Makkada qoldilar. Ayni maqsadda 16 yil davomida ilm bilan mashhur bo‘lgan Islom diyoridagi shaharlarning biridan boshqasiga ko‘chib, o‘tib yurdilar. Bu yillarda ilm bilan mashhur bo‘lgan shaharlarning ko‘pini aylanib chikdilar.

Nabiy sallollohu alayhi va sallamning xadislarini to‘pladilar. Hatto yiqqan xadislari 600,000 dan oshib ketdi. Ming muhaddisga murojaat qilib bu hadislar to‘g‘risida muzokara olib bordilar. Ular rostgo‘ylik, taqvo va durust aqida bilan tanilgan zotlar edilar.

Imom Buxoriy ushbu katta miqdordagi hadislar ichidan o‘zining «Sahih» kitobini saralab yozdilar. Bahs, tekshirish, sahihni nosahihdan ajratish va roviylarni saralashda eng nozik ilmiy uslubni qo‘llab, o‘zining bu kitobiga eng sahih hadislarni joyladilar. Shunday bo‘lsada bu kitob barcha sahih hadisni qamrab olmadi. Bu kitobni Rosulullox sallollohu alayhi va sallamning hadislari, sunnatlari va ayyomlaridan iborat bo‘lgan «Jome’ Saxix Musnad» — deb nomladilar.

Buxoro amiri farzandlariga ta’lim berish, ularga xadis eshittirish uchun uyiga imom Buxoriyning kelishini xohladi. Buxoriy hazratlari unamadi va «ilmga kelinadi, ilm bormaydi», deb odam yubordi. Ya’ni kim ulamolardan ilm olishni xohlasa masjid va uylarda ular xuzuriga boradi.

Shu sabab amir imom Buxoriyni yomon ko‘rib, uni Buxorodan chiqarib yuborishga buyruq berdi. Samarqandga yaqin Xartang degan kishlokka ko‘chdilar. U yerda u kishining qarindoshlari bor edi. Shu yerda xijriy 256-yil, 62 yoshlarida vafot etdilar. U kishini Allox raxamat kilsin.


Kiritilgan vaqti: 20/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2201
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/muhaddislarni-organamiz
Chop etilgan vaqti: 13/04/2024 15:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing