Hadislardan namuna
عن ابى هريرة رضى الله عنه عن النبى صلى الله عليه وسلم قال «سبعة يظلهم الله فى ظله يوم لاظل الا ظله : الامام العادل و شاب نشاء فى عبادة ربه, و رجل قلبه معلق فى المساجد, و رجلان تحابا فى الله اجتمعا عليه و تفرقا عليه و رجلطلبته ذات منصب و جمال فقال انى اخاف الله, و رجل تصدق اخفى حتى لاتعلم شماله ما تنفق يمينه و رجل ذكرالله خاليا فعاضت عيناه» (متفق عليه)
Ushbu hadisi sharifda yetti nafar kishini Alloh taolo qiyomot kuni o‘z Arshining soyasidan boshqa soya bo‘lmagan kunda soya tagiga olishi zikr qilinmoqda. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, qiyomat da gunohkorlar ustiga turli-xil voqealar bo‘lishi haqiqat. Mazkur hadisi sharifda insonlar uchun begona bo‘lmagan, qiyomatdagidan ko‘ra ming marta yengil mashaqqat aytib o‘tilmoqda. Quyoshning jazirama issiqligida turish, o‘zini soyaga olmaslik qanchalik og‘ir va mashaqqat ekani hech kimga sir emas. Mana shunday mashaqqatdan omon qoladigan baxtli insonlar quyidagilardir:
1. Odil Imom; 2. Allohning ibodati bilan mashg‘ul bo‘lgan yigit; 3. Qalbi masjidga doimo bog‘langan kishi; 4. Alloh uchun do‘stlashgan kishilar. Ular Alloh yo‘lida do‘stlashib, Alloh uchun ajraladilar; 5. Go‘zal va aslzoda xotin zinoga chaqirganda men Allohdan qo‘rqaman deb bormagan kishi; 6. Sadaqasini maxfiy qilib bergan kishi, sadaqani shu darajada maxfiy qilganki, hatto o‘ng qo‘li bilan bergan sadaqasini chap qo‘li bilmaydi; 7. Hech kim yo‘q, xoli joyda Allohni eslab ko‘z yosh to‘kkan kishi”. Bu hadisni Imom Buxoriy va Muslim Sahih kitoblarida rivoyat qilishgan.
Kiritilgan vaqti: 08/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 3755
Chop etilgan vaqti: 01/12/2024 22:01