“Baqara” surasining 15-oyati tafsiri
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
اللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ (15)
- Alloh ularni istehzo qiladir va tug‘yonlarida tentiragan hollarida qo‘yib beradir.
Aslida istehzo, makr-hiyla kabi ishlarni Allohga nisbat berib bo‘lmaydi. Bular bandalarning sifatlari, ularning ishlari. Binobarin, oyatdagi “istehzo qiladir” iborasini “istehzolarining jazosini beradi”, deb tushunish lozim.
Ular shuncha gunohlarni qilsalar ham, Alloh taolo ularni tek qo‘yib qo‘yadi, balki har qancha gunoh qilsalar ham, ularga beradigan ne'matini ziyoda qilib qo‘yaveradi. Ular esa tug‘yonlarida davom etadilar. Natijada alamli azobga duchor bo‘lishlari uchun dalil va hujjat ko‘payadi. Oxiri borib, ikki dunyo badbaxtligiga uchraydilar.
(“Tafsiri Hilol” kitobidan)
Davomi bor...
Kiritilgan vaqti: 10/09/2019 15:25; Ko‘rilganligi: 1766
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:04