O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Yo R A S U L!

 
 

Yo rasul, tangrimga bo‘libsan suyuk,

Hidoyat yo‘lingdir, iymon mayog‘ing.

Insonga nechog‘lik rahmatdir buyuk,

Sening yoqqan nuring, sening chirog‘ing.

Kunlar yiroqlashib zamondan zamon.

Sog‘ingan ko‘ngillar talpinar hamon.

Qanchalik azizdir shunchalik armon,

Sen pok vujuding, sening dudog‘ing.

Yo rasul, ummatlar sonicha salom,

Vasfingda ojizdir bu g‘arib kalom.

Iymonli dillarni o‘rtaydi mudom,

Sening sog‘inchlaring, sening firog‘ing.

Yo robbim, rahm qil ojiz ummatga

Maqomi mahmudni ber Muhammadga

Rahm qil, mushkuldir olsang shiddatga

Sening hisoblaring, sening so‘rog‘ing


Kiritilgan vaqti: 18/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1589
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/yo-------r-a-s-u-l
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing