O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

VATAN

 
 

Har kimga tug‘ilgan yurti xush yoqar

Sahromi bo‘stonmi qishloqmi shahar

Shukrlar qilaman turib tong sahar

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston

Zolimlar zulmidan xorlanding bir vaqt

Dinsizlarga o‘tdi ota meros taxt

Bugun Alloh berdi saodatu baxt

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston

Bayrog‘ing xilpirar nomlaring daston

Yigirma besh yilda bo‘lding guliston

O‘zbek modeliga tan berdi jaxon

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston

To‘rt fasl mujassam eng go‘zal diyor

Dunyo havas qilar maskanlaring bor

Kim sendan kechsa gar bo‘ldi xoru zor

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston

Adolat xukmuron zulimlar xazon

Elim to‘q yurtim tinch bazorlar arzon

Bir kunda besh bora yangraydi azon

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston

Shu yerda to‘g‘ildim shu yerda o‘sdim

Ko‘p erur yonimda chin yoru do‘stim

She’r bitib nominga quvnadim jo‘shdim

Go‘zalsan betakror muqaddas vatan

Senga jon fidodir jon O‘zbekiston


Kiritilgan vaqti: 15/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1773
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/vatan
Chop etilgan vaqti: 28/09/2021 02:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing