O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Tojdor virusga qarshi Islom muolajasi

 
 

Insonlar ojiz ekanliklarini bilishlari uchun Alloh taolo gohida bandalarni boshiga musibatlarni yetkazib imtihon qiladi. Haqiqatda inson maxluqotlarni eng ojizlaridandir. Hayvon farzandini dunyoga keltirsa uning bolasi shu zahoti oyoqqa turib, yurib ketadi. Inson bolasi esa ikki yil deganda oyoqqa turadi.

Hozirgi kunda insoniyatga sinov bo‘lib turgan kasallikning ham hozircha aniq bir davosi topilgani yo‘q. Islom dini insonlarni kasallikdan saqlanish, davolanishga chaqiradi. Qolaversa, davo turlari haqida ham xabarlar keltirilgan. Bugungi o‘ziga xos vabo kasalligi muolajasi haqida ham bir qancha muolaja turlari qayd etilgan.

Vabo kelishidan oldin, vabo kelganida va u tarqalganida nima qilish kerakligi haqida to‘xtalsak. Avvalo musulmon kishi bilishi lozimki  uning taqdirida  gohida yaxshilik, gohida yomonlik bo‘lishi mumkin. Taqdirni yaxshi va yomonligini Allohdan deb bilishimiz iymonning ruknlaridan biridir. Kasallik Allohdandir, shifo ham Allohdan, o‘lim Allohdandir, hayot ham Allohdan, ofiyat va ofatni ham Allohdan deb bilishimiz kerak.

Agar Alloh taolo bir kasallikni tushirsa shifosini ham tushiradi. Sahihaynda keltiriladi: Abu Hurayra roziyallohudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytdilar:

ما أنزل الله من داء الا انزل له شفاء

“Alloh taolo dardni shifosi bilan tushirgan”.

Imomi Ahmadning “Musnad”ida Usoma  bin Shariykdan  rivoyat keltiriladi: “Nabiy sollaollohu alayhi vasallamni huzurida edik a'robiylar kelishdi. Ular “yo Rasululloh,  davolansak bo‘ladimi?”, deb so‘rashdi.  Nabiy sollallohu alayhi vasallam:  “Davolaninglar, ey  Allohni bandalari. Albatta Alloh bitta dard - keksalikdan boshqa  barcha dardlarni  shifosi bilan bergandir”, - dedilar.                                            Vabo tarqalganda Islomni prinsirlaridan biri karantinda bo‘lish lozimligi ta'kidlanadi. Ya'ni vabo tarqalgan joyga bormaslik va vabo tarqalgan joydan chiqmaslik. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: “Agar bir yerda vabo tarqalibdi deb eshitsangiz u yerga bormanglar, vabo tarqalgan joyda bo‘lsangiz u yerdan chiqib ketmangiz”. Imom Buxoriy rivoyati. Bu hadisda ikkita muhim masala bayon qilinyapti. Birinchisi vabo tarqalgan joyga borish o‘zini o‘zi halokatga tashlash, o‘z joniga qasd degani. Alloh taolo: “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamang” (Baqara, 195) dedi. Ikkinchi muhim jihati vabo tarqalgan joydan qochish vabo tarqatuvchiga aylanish demakdir. Bu eng xatarlisi bo‘lib, avvalgi holat o‘zining joniga xatar  bo‘lsa  keyingisida o‘zgalarni  joniga xatar bordir.

 Ozod Nazarov Pastdarg‘om tuman imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 01/04/2020 17:41;   Ko‘rilganligi: 956
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/tojdor-virusga-qarshi-islom-muolajasi
Chop etilgan vaqti: 17/03/2025 05:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing