O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

NOTO‘G‘RI VA NOXOLIS TALQIN

 
 

Hozirgi kunda noto‘g‘ri va noxolis talqin etilayotgan “XATARLI” so‘zlardan biri “shahidlik” dir. “Shahidlik” aslida muqaddas maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida jonni fido qilishdir. Albatta mazkur muqaddas maqsadlar shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi shartdir. Ba'zi toifalar esa o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun ushbu muqaddas tushunchadan qurol sifatida foydalanmoqdalar. Shariatda esa “jihod” bilan “shahidlik” bir-biriga bog‘liq bo‘lgan atamalardir, ya'ni haqiqiy jihodda jon fido qilganlar shahidlik maqomiga erishadilar. Mazkur ma'nolarni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari bilan quvvatlaymiz.

وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وسلم: مَنْ قُتِلَ دُونَ مَالِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ دَمِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ دِينِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ وَمَنْ قُتِلَ دُونَ أَهْلِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالشَّيْخَانِ.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Kim molini himoya qilaroq qatl etilsa, shahiddir. Kim qonini himoya qilaroq qatl etilsa, shahiddir. Kim dinini himoya qilaroq qatl etilsa, shahiddir. Kim ahlini himoya qilaroq qatl etilsa, shahiddir”, dedilar”.

Imom Termiziy va ikki Shayx rivoyat qilishgan.

Adashgan guruhlar esa mazkur hadisi sharifga mutlaqo xilof ishlarni amalga oshirishmoqda, ya'ni xorijda turib ularni qo‘llab quvvatlayotgan, ularga har xil rejalarni berib, uni amalga oshirish uchun mablag‘ va qurol-yaroq bilan ta'minlab, ularga qarshi chiqayotgan ota-ona, dindosh, millatdosh va o‘z yurtdoshlarini qirib yuborishmoqda. Ajablanarlisi, mazkur harakatlarini “jihod” va shu yo‘lda o‘lishni esa “shahidlik” deb da'vo qilishmoqda.


Kiritilgan vaqti: 02/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1531
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/notogri-va-noxolis-talqin
Chop etilgan vaqti: 04/10/2024 17:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing