To‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qaror kuchga kirdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14 sentyabr kuni to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi.
Kiyim – inson ziynati
Inson o‘zining tashqi ko‘rinishi va libosi bilan guzal bo‘lishga hamisha harakat qiladi. Har bir halqning o‘ziga mos, millatini bildirib turadigan kiyimlariga ega. Hozirgi zamonda kiyimlarning halqaro andozalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, buni “kiyinish madaniyati” deb ham atashadi. Kiyimlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar,festivallar va tanlovlar o‘tkaziladi.
Kasb – hunar fazilati
Islom dini o‘zining ilohiy ishoralari bilan bu dunyoda tinch-omon, farovon hayot kechirishga, oxiratda saodat ahlidan bo‘lishga da'vat etadi. Albatta Alloh taoloning fazli karamiga erishmoqchi bo‘lgan inson mehnat qilishi, halol kasb–hunar bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bu esa unga najot va baxt keltiradi va Allohning roziligini topishiga vasila bo‘ladi. Chunki inson hayoti uchun uy – joy , ulov, oziq – ovqat va boshqa ro‘zg‘or anjomlari, kiyim va liboslarga ehtiyoj sezadi. Ularning barchasi kasb–hunar va mehnat qilish orqali hosil bo‘ladi. Zero Payg‘ambar alayhissalom hadisi shariflarida: “Alloh taolo hunarmand bandani sevadi”, deb aytganlar.
Badnazarlikning balolari
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy «Hayo va pokdomonlik» kitobida shunday hikoya qiladi:
«Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Begona ayolga qarashlik shayton o‘qlarining ichida zaharlanganidir»
(O‘q tegib o‘ldirmasa-da, zahari albatta qalbni o‘ldiradi).
Sadaqaning turlari
Sadaqaning turlari ko‘p bo‘lib, musulmon inson uni g‘animat bilishi lozim.
Yo‘ldan adashgan insonga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish sadaqadir. Yo‘ldagi aziyat beradigan narsani olib tashlash sadaqadir. Tili duduq kishining murodu-maqsadini bayon qilib berish ham sadaqadir. Muso alayhissalomning tilida duduqlik bo‘lib, tili tutilib qolar edi. Alloh taolodan bu dardni ketkazishini so‘rab duo qilganida uning duosini mustajob qildi. Bu duduqlik Fir'avn huzurida cho‘g‘ni tanavvul qilishi asorati edi.
AYRIM YOSHLARNING KO‘CHADA YURISH ODOBIGA RIOYA QILMYOYOTGANIGA KIM AYBDOR?
Ko‘chada yurishning ham odoblari bor. Odobsizlik qonunga ham, milliy qadriyatlarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Hozirgi paytda ba'zi yoshlarning ko‘chada yurish odoblariga rioya qilmasdan, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish o‘rniga, ko‘chada odobga zid bo‘lgan ishlarni qilib yurishlari odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Aslida fuqaro ko‘chada kamtarona tezlashmay yoki sustlashmay, ohista to‘g‘ri yurishligi odobdandir.
Do‘st tanlash odobi
Inson uchun mashaqqatli ishlardan biri, bu do‘st tanlashdir. Halqimizda “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytib beraman” degan naql bor. Demak, do‘st tanlashda e'tiborli bo‘lish lozim ekan. Hozirgi kunda o‘zini do‘st deb atayotgan kimsalar o‘zlarining asl maqsadlarini yashiradilar. Buning misolini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab uchratish mumkin. Ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotganlar yoshlarga ko‘proq e'tiborlarini qaratishmoqda. Kishiga, ayniqsa, u yosh bo‘lsa, do‘st va suhbatdoshlarning ta'siri o‘tadi. E'tiqodi buzuq bo‘lgan kishilar bilan do‘stlashish oqibati pushaymonlikdir.
Yoshlarni yomon hulqli, badniyat kishilardan himoya qilish ota-ona va barchamizning burchimizdir. Yaxshi do‘st tanlashda yoshlarimizga o‘rnak va ko‘makdosh bo‘lishimiz zarur.
Hasad - kalb kushandasi
Ulamolar: “Har qanday dushmanchilikning sababi hasaddan boshqa narsa bo‘lsa, u dushmanchilik do‘stlikka aylanishi mumkin. Ammo dushmanchilikning sababi hasad bo‘lsa u dushmanlik aslo do‘stlikka aylanmaydi” -deyishgan. Buning misoli Otamiz Odam alayhissalom bilan shayton alayhi la'naning dushmanligidir. Shayton Odam alayhissalomga berilgan maqomni ko‘rolmadi, unga hasad qildi. Shuning uchun shayton alayhi la'na bilan Odam farzandlari abadiy dushmandirlar.
Isrof qilmang
Sahobai kiromlarning kattalaridan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan to‘yni qanday qilish haqida maslahat so‘raganida, Payg‘ambarimiz: «Bitta qo‘y so‘y», degan ekanlar. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam menga qiyinchilik bo‘lmasin degan maqsadda shunday deyaptilar deb o‘ylab: “Men bir necha qo‘y so‘yishga qodirman”, deb bir-ikki qaytaribdi. Shunda Sarvari koinotimiz: «Ey molinga Hudo baraka bergur, bitta qo‘y so‘ygin» deb tanbeh bergan ekanlar.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallam qo‘ylari ko‘p bo‘lgan Sohabai kiromga bittagina qo‘y so‘yishga buyurganliklari ostida hikmatlar juda ham ko‘pdir.
ISROFDAN SAQLANAYLIK!
Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratib, ularni yer yuzini makon tutib, undagi ne'matlardan foydalanib hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne'matlarni ato etib qo‘ydiki, bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Alloh taoloning O‘zi bu haqda Qur'oni karimda bunday marhamat etadi:
“Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir” (Ibrohim surasi, 34-oyat).




















