O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

SALAF VA XALAF SO‘ZLARI NIMA MA'NONI BILDIRADI? SALAF VA XALAF OLIMLARI ORASIDAGI FARK, NIMALARDA NAMOYON BULADI? (davomi)

 
 

Hammamizga ma'lumki, Ahli sunna va jamoa an'anasiga ko‘ra, salafi solihdar davridan keyin yashagan musulmonlar xalaflar, ya'ni «keyingilar» deb ataladi.

Shu o‘rinda salaf va xalaf davrlarining xususiyatlariga to‘xtalib o‘tsak. Salaf ulamolari davrida har bir masalaga yondashishda asosan Kur'on, xadis, ijmo va qiyosga asoslanib ish ko‘rilgan. Vaqt o‘tishi bilan islom dini tarqalgan hududlarning jadal kengayishi, musulmonlarning boshqa din va madaniyatlar bilan yuzlashishi natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Yangi sharoitlarda yuzaga kelgan masalalar yechimi uchun Kur'on va xadisdagi dalillar bilan bir qatorda akliy dalillarga oldingidan ham ko‘prod ehtiyoj sezila boshladi.

Musulmon olimlari tomonidan salafi solihlarga hurmat bilan karaladi. Shu bilan birga barcha olimlarga yuksak ehtirom ko‘rsatish kerakligi xadislarda zikr etilgan. Misol tarzida “Olimlar paygambarlarning merosxo‘rlaridir”4 xadisini zikr etish mumkin.

Salafi solihlar qarashlarining tadrijiy davomi xalaf, ya'ni keyingi olimlarning yondashuvlarida namoyon bo‘ladi. Xalaf olimlari daraxt o‘z ildizidan oziqlangani kabi salafi solihlarning qarashlari asosida shakllandilar.

Islom ulamolari salafi solihlar bilan ulardan keyin kelgan ulamolarni bir-birlariga qarshi qo‘yish daraxtdan ildizni yoki aksincha ildizdan daraxtni ajratib olgan bilan barobar ekanini ta'kidlaydilar. Keyingi davrda yashab o‘tgan xalaf olimlarining islom ilmlari rivojidagi o‘rni ham kamaytirilmagan. Zero, hadislarda xalaflar davri ham maqtalganligi rivoyat qilingan. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.) dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: Rasulullox, (alayx,is-salom) maqbara oldiga kelib: «Ey, mo‘minlar diyori qavmi! Sizlarga salom bo‘lsin. Hudo xohlasa, bizlar ham sizlarga yuliqurmiz, qani biz birodarlarimizni ko‘rsak edi», deganlarida, sahobiylar: «Ey, Allohning rasuli! Biz sizning birodarlaringiz emasmi?»-dedilar. Rasululloh, (alayhis-salom): «Sizlar as'hoblarimsiz. Birodarlarim esa, menga ko‘rmasdan menga imon keltirganlardir», - dedilar.

Ko‘rib turganimizdek, Payg‘ambar (alaydis-salom) o‘zlaridan keyin keladigan musulmonlarni «birodarlarim», deb e'tirof etib eng xayrli davrda yashayotgan sahobiylar havas qiladigan darajada o‘zlariga yaqin bilganlar.

 H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 31/03/2020 16:46;   Ko‘rilganligi: 1135
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/salaf-va-xalaf-sozlari-nima-manoni-bildiradi-salaf-va-xalaf-olimlari-orasidagi-fark-nimalarda-namoyon-buladi-davomi
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 20:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing