O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

Halol va haromni eng yaxshi biluvchi inson

 
 

Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga yetmish kishidan iborat ansoriylar ikkinchi Aqaba bay'atini berishayotgan vaqtda, ular orasida yuzidan nur taralib turgan, qarashlari ma'noli yosh bir yigit ham bor edi.

U xotirjamligi va salobati bilan o‘tirganlarni hayratga solardi va so‘zlayotgan vaqtda go‘yoki nur taralayotganday bo‘lardi. Bu yigit Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu edi. U ansoriy edi. Ikkinchi Aqoba bay'ati kuni Payg‘ambarimizga bay'at berib, Islom dinini qabul qilgan avvalgi sahobiylar qatoriga qo‘shildi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishtirok etgan har bir marosim va janglarda qatnashdi.

Muoz ibn Jabalning eng katta fazilati yuksak ilm sohibi ekanidir. Uning ilmi shunday cho‘qqiga yetdiki, hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatim orasida halol va haromni eng yaxshi biluvchi odam Muoz ibn Jabaldir” , - deb marhamat qilgan edilar. Muoz ilm-ma'rifat va shijoatu zakovatda Umar (roziyallohu anhu)ga o‘xshar edi.

 

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyati vakili

Payg‘ambar atrofidagi kishilar” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 18/09/2019 15:32;   Ko‘rilganligi: 4920
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/halol-va-haromni-eng-yaxshi-biluvchi-inson
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing