O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

Abu Bakr as-Siddiq - Abdulloh ibn Abu Quhofa

 
 

Abu Bakr as-Siddiq ismiga undan rozilik chiqiruvi bilan Abu Bakr, Siddiq, Atiq, Sohib, Atqo, Avvoh, G‘ordagi ikki kishining biri, Rasullullohning halifasi degan ismlar belgilangan. U zot Fil yilidan ikki yilu olti oydan keyin hijratdan 50 yil oldin 574 milodiy yilda tavallud topgan.

Otasi: Abu Quhafo Usmon ibn Omir ibn Amr Attaymiy al-Qurashiy.

Onasi: Ummulxoyr Salamiy bint Soxr ibn Omir Attaymiy al-Qurashiy.

Xotinlari: Qutayla binti Abduluzzo va Ummu Ravmon binti Omir va Asmo binti Umays va Xabiba binti Xorija.

Farzandlari: Abdurrohmon, Abdulloh, Muhammad Asmo, Oisha va Ummu Gulsum.

Abu Bakr Assiddiq Abdulloh ibn Usmon Attaymiy Alqurashiy Xulofoi Rashidinlarning avvalgisi Jannati deb basharot berilgan o‘n kishining biri, Islom nabiysining vaziri va sohibi, Rasullullohni madinaga qilgan hijratidagi do‘stidir.

Ahli sunna val jamoa u kishini Payg‘ambarlar va Rasullardan keyingi eng yaxshi kishi deb hisoblaydilar. Iymon va zuhdda saxobalarni ortda qoldirgan. Nabiy alayhisallomga zavjasi Oishadan keyingi eng mahbub kishi deb hisoblaydilar. Abu bakr ismiga odatda “as-Siddiq” degan laqab ulanib keladi. Bu laqabni Nabiy alayhissalom unga nozil bo‘lgan narsalarni boshqalardan ko‘ra ko‘proq shubxasiz tasdiq qilganligi uchun qo‘yganlar.

Abu bakr (r.a.) johiliyatda qurayshning boy kishilaridan edi. Nabiy alayhissalom u kishini islomga chaqirgan paytlarida shak – shubhasiz islomni qabul qildilar va hur kishilar o‘rtasida islomni qabul qilgan birinchi kishi bo‘ldilar. So‘ng Nabiy s.a.v. bilan birga Makkadan madinaga xijrat qildilar. Badr g‘azotida qatnashdi va shu bilan birga Nabiy s.a.v bilan g‘ozotlar ishtirokchisi bo‘ldi.

Nabiy s.a.v og‘ir betob bo‘lib qolganlarida bu foniy dunyoda oxirgi nafaslarini olish paytlarida Abu bakr r.a.ga namozda odamlarga imom bo‘lishga buyurdilar. Mana shu holat Nabiy s.a.v.ning xalifasi ekaniga dalolat bo‘lgan edi. Nabiy s.a.v vafotlaridan keyin musulmonlarni boshqarishni o‘z zimmasiga oldilar. Bir qancha arab qabilalari islomdan murtad bo‘lib ketdilar. Abu bakr r.a ularga qarshi jang qildilar va islom hukmini o‘rnatdilar. Ridda urushlari barham topganlaridan so‘ng Abu bakr r.a islom askarlarini Iroq va Shom yerlarini fatx qilish uchun yubordi. Iroq Fatx qilindi, Shom yerlarining katta qismi ham fath qilindi.

Abu bakr r.a xijratining 13 yil Jumadul oxarining 22 chisi dushanba kuni 63 yoshlarida vafot etdilar. U kishidan keyin musulmonlarga Umar ibn Xattob xalifa bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 22/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 9318
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/abu-bakr-as-siddiq---abdulloh-ibn-abu-quhofa
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 01:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing