QURBONLIK FAZILATI
Islom dinining moliyaviy ibodatlaridan bo‘lgan Qurbonlik Buyuk Allox taoloning ne’matlari uchun shukr etishimiz va uning yulida fidokorlik qilishimizning bir nishonasidir. Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashkari, ayni vaktda uning axloqiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatlari ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham islomdagi o‘zaro ijtimoiy yordamlashishning guzal bir namunasini tashkil etadi.
Qurbonlikdan maqsad Allox taoloning roziligini topish. Qurbonlik boy va muqim har bir musulmon erkak va ayolga vojibdir. Qurbonlik tuya, qoramol, qo‘y va echkilardan qilinadi. Xo‘roz, tovuk, kurka va g‘oz kabi uy parrandalaridan Qurbonlik niyati bilan suyish mumkin emas. Qurbonlik qilishning vaqti Qurbon hayitining birinchi kuni hayit namozi o‘qilgandan so‘ngra boshlanadi va uchunchi kuni kuyosh botgunicha davom etadi.
Kurbonlik gushtining hammasini kambag‘allarga sadaqa qilib berish yoki o‘zi va bolalari uchun olib qolish joiz bo‘lsada, maqbul bo‘lgani qubonlik gushtini uchga bo‘lib, bir qismini faqirlarga sadaqa qilib tarqatmoq, bir qismini boy bo‘lsa xam qushnisi va yaqinlariga ikrom qilmoq va bir qismini ro‘zg‘ori uchun olib qo‘yishlik mumkin. Bu maqsadning amalga oshishi esa kibr va riyodan uzoq bo‘lib, samimiyat va ixlos bilan Qurbonlikni ado etishga bog‘liqdir.
Qurbon hayitining jamiyat hayotida afzal jihatlari bor. Zero hayitlar musulmonlarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan, birodarlik tuyg‘ularini oshiradigan, hafachiliklarni yuqotadigan muhim kunlardir.
Jamoat holatida o‘qiladigan hayit namozlari birlik va barobarlikning eng guzal namunasidir.
Hayit kunlarida ota-onalarimizni ziyorat kilib, xayirli duolarini olishimiz kerak. Qarindosh, do‘st va qo‘shnilarimiz bilan bayramlashish va tabriklashish orqali aloqalarimizni quchaytirishimiz lozim.
Uchraganga salom berib, hayit bilan tabriklashimiz, kasallarni ziyorat qilib shifo tilashimiz kerak. Atrofimizdagi faqirlarga, yetim- yesirlarga yordam qo‘limizni cho‘zib, ularga hayit sevinchini sezdirishimiz kerak. Marhumlarimiz uchun duo qilib, Qur’on tilovatlar qilishimiz kerak. Bolalarga sovg‘alar berib, ularni xursand qilishimiz kerak.
Hayit bayrami diniy ibodat bo‘lishligi bilan birga, bizga ota- bobolarimizdan qolgan milliy qadriyat ekanligini ham yana bir bor xalqimizga eslatishimiz kerak. Bularning barchasi jamiyatda o‘zaro sivgi va hurmat, yordamlashish va birdamlikni hosil qiluvchi guzal harakatlardir.
Hurmatli yurtdoshlar kirib kelayotgan Qurbon hayiti va jonajon O‘zbekistonimizning 26 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin.
Kiritilgan vaqti: 31/08/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 3257
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 15:23