O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

O‘zganing haqqi o‘zgaga yuqmas

 
 

Azizlar jamiyatda barchalarimiz yoshu-qari, erkaku-ayollar hayotda uyim, joyim, ro‘zg‘orim, farzandlarim deb ishlaymiz mehnat qilamiz hayotda faoliyat ko‘rsatamiz. Inson zoti dunyo hayotida o‘zaro munosabat va muloqatda kishilar o‘rtasida oldi-berdi, oldi-sotdi qilishga majburdir.

Islom har bir sohaga e’tibor bergani kabi kishining jamiyatda o‘zgalar bilan qanday muloqot qilishi, oldi-berdida qanday bo‘lishi kerak bu borada yuksak odobni ko‘rsatib bergan.

Islom dinimiz musulmon ummatini o‘zgalarning haqqiga xiyonat qilishdan, tajovuz qilishdan qaytaradi. O‘zganing haqqi hechqachon o‘zgaga yuqmasligini bizlarga bildirib o‘tadi. Zero Payg‘ambarimiz s.a.v. shunday marhamat qiladilar:

عن ابي هريرة رضي الله عنه ان رسول الله صل الله عليه وسلم قال: اتدرون ماالمفلس؟ قالوا: المفلس فينا من لا درهم له ولا متاع فقال: ان المفلس من امتي من يأتي يوم القيامة بصلاة وزكاة ويأتي قد شتم هذا و قذف هذا و اكل مال هذا وسفك دم هذا و ضرب هذا فيعطي هذا من حسناته و هذا من حسناته فان فنيت حسناته قبل ان يقضي ما عليه اخذ من خطاياهم فطرحت عليه ثم طرح في النار

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “ Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kasadga uchragan kim ekanligini bilasizlarmi?” dedilar. “ Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham matohi ham yo‘q odam”, deyishdi. “Albatta , ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan , buni molini yegan , buning molini yegan, buning qonini to‘kkan , buni urgan odamdir. Bunga uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa , ularning xatolaridan olinib , uning ustiga tashlanur. So‘ngra do‘zaxga tashlanur ,” dedilar.

Hadisi sharifda ma’lum bo‘lishicha kishi birovni bu yorug‘ olamda so‘kkan bo‘lsa, haqorat qilgan bo‘lsa, g‘iybat, ig‘vo, bo‘xton, to‘hmat, birovni zinoga ayblagan, birovning moliga tajovuz ko‘rsatgan, birovning haqqini yegan, qonini to‘kkan va hamda urgan bo‘lsa jazo muqarrar qilmish qidirmish deydilar haq o‘z sohiblariga Alloh tarafidan qaytarib berilarkan.

Azizlarim bu dunyoda hamisha yaxshilik qilishda serg‘ayrat bo‘laylik, birovlarga yomonlik ko‘rsatib zulm qilib qo‘yishdan o‘zimizni saqlaylik zero Alloh subhanahu va taolo aytadiki:

فمن يعمل مثقا ل ذرّة خيرا يره ومن يعمل مثقال ذرّة شرا يره

Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham uni ko‘radir. Va kim zarra og‘irligida yomonlik qilsa ham ko‘radir.

Hayotda kasodga uchragan zamon tili bilan aytganda haqiqiy “bankrot” bo‘lgan qo‘lidan davlati ketib ishi orqaga qarab ketgan kishi emas balkim oxiratda hisob kitob kunida har bir amallar zarra zarrasigacha tarozida o‘lchangan vaqtda haqdorlar o‘zlarining haqlarini talab qilganlarida haq bandaning solih amallaridan olib beriladi agarda haqdorlar ko‘p bo‘lsayu bandaning solih amallari tugab qolsa haqdorlarning gunohlarini zimmasiga qabul qilib olgan banda haqiqiy kasodga uchragan odam bo‘ladi.

Tarix sarvaraqlarini varaqlar ekanmiz o‘tmishda o‘tib ketgan ulug‘ ajdodlarimiz, buyuk bobo kalonlarimizning tarixlarida o‘zgalarning haqlariga xiyonat qilib qo‘yishdan o‘zlarini doim saqlab kelganliklariga guvoh bo‘lamiz. Albatta bu bejizga emas bularda yana bir marotaba bilsak bo‘ladiki o‘zganing haqqi o‘zgaga hech qachon yuqmagan.

Biz izdoshlar ham hamisha o‘zimizni sarhisob qilib turishimiz birovlarning haqqini nohaq yeb qo‘yishdan juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

Alloh subhanahu va talo barchalarimizni hamisha halolga xaridor bo‘ladiganlardan qilib haromdan uzoq bo‘lishimizni nasib aylasin va oxiratda muflis bandalardan bo‘lib qolishimizdan o‘zi asrasin.


Kiritilgan vaqti: 04/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3751
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/ozganing-haqqi-ozgaga-yuqmas
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 21:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing