O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

O‘LIM TA’MIN TOTGANLAR

 
 

Yer tagida bir qishloq, ammo yurgan kishi yo‘q,
Bizlar kabi alarning bahor, yoz, kuz, qishi yo‘q.
Tinch yotishar sukutda hech kim bilan ishi yo‘q,
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar.

Goho eslab ularni kuyunamiz, yonamiz,
Birimizning otamiz , birimizning onamiz.
Amma, farzand , qarindosh, og‘a-tog‘a, xolamiz
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar.

Yotgan joyi jannatdir kimning bo‘lsa savobi,
Gunohi ko‘p kishilar jahannamning kabobi.
Borligini bilishar har bir ishning javobi,
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar.

Tiriklarning ehsonin ajrlarin olishar,
Yaxshi amal qilmagan farzandlardan nolishar.
Duo qilsak xaqqiga xursand bo‘lib qolishar
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar.

Ne-ne orzu umidin olib ketdi qabrga,
Yaxshi, yomon ishlari o‘zlari bilan birga.
To qiyomatga qadar ko‘mildilar sabrga
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar.

Boqoniy der: “Goh xafa, goho o‘ynab kulamiz,
Ammo ajal yetgan kun hammamiz ham o‘lamiz.
Bu dunyoni tark etib u qishloqda bo‘lamiz,
Tuproq aro yotganlar, o‘lim ta’min totganlar”.


Kiritilgan vaqti: 04/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3362
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/olim-tamin-totganlar
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 05:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing