O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Navoiydan oldim saboq

 
 

Ishq sirini bayon etgan Navoiydan oldim saboq,

She’r mag‘zini chaqolmasdan, goh tushimda qildim so‘roq.

Navoiyda mastur emish hayo, iffat, odob-axloq,

Bilmoq bo‘lsang nafsni tiygin, Xaq so‘ziga solgin quloq.

Qur’on, hadis ma’nosiga hamohangdir g‘azallari,

Ham nasihat, ham ma’rifat, ham ohangdir g‘azallari.

Dilimizda hirsu havas ham qabohat uya qurmish,

Nafs domig‘a bandi bo‘lgan, haqiqatdan chetda yurmish.

Chunki u zot ishq darsini oyatlardan olgan ekan,

Shu sababli yozgan she’ri to bizgacha kelgan ekan.

Adovatning, razolatning, tag-tomirin qo‘porgandir,

Hazrat bitgan she’rlarini ishq suvidin sug‘organdir.

Haqiqatni bila turib nechuk unga qo‘shilmaymiz?

Navoiyning she’rlarini u kutgandek tushunmaymiz?!


Kiritilgan vaqti: 10/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2376
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/navoiydan-oldim-saboq
Chop etilgan vaqti: 01/03/2024 00:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing