O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оқимлар

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (davomi)

 
 

Soxta tariqatchilar deganda tasavvufning faqat tashqi jihatlariga, marosimchilik, turli zikr majlislariga asosiy e'tiborni qaratib, uning falsafiy-irfoniy xususiyatlaridan bexabar faoliyat yuritayotgan, muayyan bir kishini pir deb sanab, uning etagidan tutuvchi, jamiyatning boshqa a'zolaridan chetlashib, pir xizmatini hayotdagi eng asosiy maqsad deb biluvchi kishilar yoki jamoalar, guruhlar tushuniladi.

Mazkur guruh va jamoalar orasida qabrlarga sig‘inish, pirlarni haddan ziyod ulug‘lash, pirlarning tahoratidan ortgan suvlarni ichish, dunyoviy ilmlardan, taraqqiyot yutuqlaridan chetlanish kabi turli zararli hamda islomiy nuqtai nazardan bid'at-xurofot deb baholanuvchi holatlar keng tarqalgan.

         Mustaqillik yillarida yuzaga kelgan qulay diniy muhitdan mahalliy tariqatchilik vakillari ham foydalanishga harakat qildilar. Mutaxassislarning fikricha, ularning keskin faollashuvi 2000 yillardan boshlab ko‘zga tashlana boshladi. Tariqatchilikning uyg‘ongan shakli an'anaviy tarzda “fazilatli” deb topilgan turli yetakchilar (pirlar) atrofiga birlashgan muridlar jamoalaridan iborat edi. Ayni paytda ularning muridlari orasida keskin raqobat muhiti mavjud bo‘lib, har bir guruh aynan o‘zi eng to‘g‘ri tariqatda ekanini da'vo qiladi.

Soxta tariqatchilarning harakatlarida ekstremistik unsurlar yo‘q. Biroq ular tomonidan ilgari surilayotgan ilmning inson hayotida shart emasligi, pirni haddan ziyod ulug‘lanishi kabi fikrlar, qiz bolalarning ta'lim olishlariga to‘sqinlik qilish, ijtimoiy hayot tarzida o‘z zamondoshlaridan katta farqlanish, shar'iy asosga ega bo‘lmagan fatvolarga amal qilish kabi harakatlar har jihatdan isloh qilinishi kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi. (davomi bor)

 

 

“Islom ma'rifati va hozirgi zamon” kitob asosida Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 06/06/2020 14:31;   Ko‘rilganligi: 2099
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/movements/mumtoz-tasavvuf-va-zamonaviy-tariqatchilik-davomi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing