O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оқимлар

Allohning borligiga aqliy dalillar TEMIR OSMONDAN NOZIL BO‘LGAN...

 
 

Alloh taoloning kalomini o‘rganar ekanmiz uning naqadar buyuk kalom ekanligini, uning haqiqatdan ham butun olamlarni yaratgan Zot aytganligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Qanday qilib bunday bo‘lmasin? Axir Qur'on oddiy bir insonning gapi emas, aksincha borliqni yaratgan Allohning so‘zlaridir. Alloh yaratgan narsasini hammadan ham O‘zi yaxshi biladi, yaxshi ta'riflay oladi.
Hammamiz temir haqida bilamiz. Hayotimizning asosiy qismiga, ajralmas bo‘lagiga aylangan. Ma'danlar ichida eng ko‘p foydalaniladigan, manfaati ko‘p metallardan biri.

Alloh taolo Qur'oni karimda Hadid surasida temir haqida quyidagicha marhamat qilgan:

لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِالْبَيِّنَاتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ الْكِتَابَ وَالْمِيزَانَ لِيَقُومَ النَّاسُ بِالْقِسْطِ ۖ وَأَنزَلْنَا الْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ وَرُسُلَهُ بِالْغَيْبِ ۚ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ

"Temirni Biz nozil qildik. Unda katta quvvat va odamlar uchun manfaat bor” (Hadid surasi, 25-oyat).
E'tibor beradigan bo‘lsak, Alloh taolo “nozil qildik” demoqda. Ya'ni yerni o‘z ma'danlari bilan yaratib bo‘lgach, yer o‘z shakliga kelib bo‘lganidan keyin Alloh taolo unga temirni tushirgan. Bu gapni butun olamlarning Parvardigori aytmoqda.
Endi olimlarning gapiga quloq tutsak. Olimlarning aytishicha, temir yuzaga kelishi uchun shu qadar katta issiqlik kerakki, Quyosh sistemasida bunaqa energiya bo‘lishi mumkin emas ekan. Ya'ni, olimlar temir yer yaratilganidan keyin boshqa gallaktikalardan uchib kelib qo‘shilganini aniqlashdi. Xo‘sh, bu haqiqatlarni bir ming to‘rt yuz yil oldin cho‘lda yurgan bir insonga kim aytgan ekan? Albatta o‘sha borliqni, temirni yaratgan Zot Alloh taolo aytgan.

Shayx Muhammad Mutavalli SHA'ROVIY


Kiritilgan vaqti: 24/03/2022 10:54;   Ko‘rilganligi: 1086
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/movements/allohning-borligiga-aqliy-dalillartemir-osmondan-nozil-bolgan
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing