O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Mir Alisher Navoiy

 
 

G‘azal mulkin sultoni,

Adab, hikmat irfoni,

Besh asrkim yangraydi,

Turkiyda “Chor devon”i.

Olam ahli lol qoldi,

“Xamsa”dan huzur oldi,

“Hayratul abror” kabi,

Dillarga surur soldi.

Layliga dildor Majnun,

Farhodga diydor Shirin,

Yetolmayin Guliga,

Foniyga ketmoq qiyin.

Fardlari misli chiroq,

Dardlari misli firoq,

“Iskandar devori”ni,

Qurmoqqa imkon kerak.

Bobur, Furqat, Atoiy,

Cho‘lpon, Usmon, Sadoiy,

Bariga ustoz bo‘ldi,

Mir Alisher Navoiy.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2122
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/mir-alisher-navoiy
Chop etilgan vaqti: 03/11/2024 21:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing