Mehmonlar tashrifi-do‘stlik rishtasi
Dinimizda qo‘shnichilik haqlariga rioya qilish muhim ishlardan hisoblanadi. Zero, insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlanishida qo‘shnilarning o‘rni beqiyosdir.
Darhaqiqat, yurtimiz rahbari tomonidan bo‘layotgan barcha jabhalardagi tubdan o‘zgarishlar xalqimiz qalbida surur va xursandchiliklarni paydo qilmoqda. Ayniqsa qushnichilik borasida olib borilayotgan islohatlar, qadimdan dinimiz va qadriyatlarimiz bir bo‘lgan millat sifatida tojik , o‘zbek, qozoq, qirg‘iz va turkman xalqlarini birlikka da’vat qilinishi nafaqat hayotdagilarni balki, o‘tgan ajdodlarning ham ruhlarini shod etmoqda inshaAlloh. Zero, muqaddas dinimiz ta’limotlarida ham aynan shu ko‘rsatmalar mavjud. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kimning Allohga va oxirat kuniga imoni bo‘lsa, qo‘shnisini izzat-ikrom qilsin”, (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Yurtimiz Rahbari joriy yilning 9-10 mart kunlari qo‘shni Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan ikki kun davomida mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtasini yanada mustahkamlash maqsadida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan ham muhim kelishuvlarga erishilgan edi.
Bugun esa mazkur tashrifning samarasi o‘laroq Sug‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida mehmon bo‘lib, biznes-forumda ishtirok etmoqdalar.
Shu kuni mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, Hazrat Imom Buxoriyning maqbarasini ziyorat qildilar.
Sug‘d viloyati vakillari uch kunlik tashrif davomida biznes-forumda ishtirok etish bilan birga,viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalari, fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tarixiy-madaniy obidalar, diqqatga sazovor maskanlarga sayohat uyushtirilmoqda. Shuningdek, ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi va boshqa bir qator madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.
Kiritilgan vaqti: 21/04/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2381
Chop etilgan vaqti: 20/03/2025 16:07