O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Istig‘for Alloh taoloning ne'matidir

 
 

Agar Allohning mag‘firati bo‘lmaganida, diyorlar vayronaga aylanardi, odamlar halok bo‘lardi. Nega desangiz, aybdorlik yuki juda og‘ir bo‘ladi, insonni ruhan ezadi, huzur-halovatini o‘g‘rilaydi. Mana shu holat istig‘for bilan bartaraf etiladi. Chunki Alloh O‘z kalomida shunday marhamat qilgan:

U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yoomg‘irini  yuboradir. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog‘u rog‘lar hamda anhorlar beradir.  Sizlarga nima bo‘ldiki, Allohning azamatini o‘ylab ko‘rmaysizlar?” (Nuh surasi 11-13-oyatlar).

Shuningdek moddiy taraqqiyotga erishgan ayrim xalqlar nega to‘laqonli baxtli bo‘la olmayotganining sababi ham shunda. Baxtli yashash uchun imon zarur. Ruhan poklanish uchun istig‘for aytish, tavba qilish kerak. Mustahkam imon, solih amallar, zikr-tasbeh, salovat, istig‘for inson hayotiga fayz kiritadi, ko‘nglini xotirjam qiladi. Bu amallar bilan kishi oxirati obod bo‘ladi.

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الشَّيْطَانَ قَالَ: وَعِزَّتِكَ يَا رَبِّ لاَ أَبْرَحُ أُغْوِي عِبَادَكَ مَا دَامَتْ أَرْوَاحُهُمْ فِي أَجْسَادِهِمْ قَالَ الرَّبُّ: وَعِزَّتِي وَجَلاَلِي لاَ أَزَالُ أَغْفِرُ لَهُمْ مَا اسْتَغْفَرُونِي. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ وَأَبُو يَعْلَى وَسَنَدُهُ حَسَنٌ.

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Shayton: “Ey Parvardigorim, buyukligingga qasamki, to tirik ekanlar, bandalaringni (yo‘ldan) uraveraman!” dedi. Parvardigor esa: “Izzatimga, ulug‘ligimga qasamki, (bandalarim) Menga istig‘for aytar ekanlar, ularni(ng gunohlarini) kechiraveraman!” dedi” (Ahmad, Hokim, Abu Ya'lo rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi hasan ).

Azizlar, Allohim barchalarimizni istig‘for aytuvchilardan qilib, xato-kamchiliklarimizni O‘zi mag‘firat aylasin va go‘zal xotima barchamizga nasib qilsin!

Jahongirxon ABROROV – Urgut tumani “Boybul” jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 15:49;   Ko‘rilganligi: 1414
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/istigfor-alloh-taoloning-nematidir
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing