O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

Hanafiy mazhabining tarqalish geografiyasi

 
 

Hanafiy mazhabi hijriy II asrdan yer yuzining turli mamlakatlariga tarqalib, dastlab Abbosiylar davlati undan, keyin boshqa o‘lkalar tomonidan qabul qilindi. Xususan, Iroq, Eron, Movarounnahr, Xuroson va Turkiya hududlarida turli davlatlarda hukm yuritgan Abbosiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Misrda Ayubiylar, Mamluklar, Movarounnahrda Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar davlatlari va Usmoniylar imperiyasi tomonidan rasmiy mazhab sifatida qabul qilingan.

Bugungi kunda dunyodagi musulmonlarning 92,5 foizini sunniylar tashkili qiladi. Ular mazhablar bo‘yicha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar 47 foizni, shofeiylar 21 foizni, molikiylar 17 foizni, hanbaliylar 7,5 foizni tashkil qiladi.

         Hanafiy mazhabi asosan, Markaziy Osiyo, Pokiston, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Bangladesh, Hindiston, Rossiya musulmonlari o‘rtasida, Arab mamlkatlaridan Iroq, Misr, Suriya, Liviya, Yaman kabi yurtlarda keng tarqalgan. Shu jumladan bizning mintaqamiz musulmonlari ham hanafiy mazhabiga amal qilib keladilar.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 29/10/2019 16:32;   Ko‘rilganligi: 748
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/hanafiy-mazhabining-tarqalish-geografiyasi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2020 08:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing