O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Yosh avlod tarbiyasiga etiborli bo‘laylik

 
 

Farzand tarbiyasi deganda ko‘pincha insonlar ko‘z o‘ngida

onalar gavdalanadi bu ishlar guyo otaning zimmasidan soqit bo‘lganday, aslida qanday bo‘lish kerak.

قال رسول الله صلي الله عليه و سلّم :" رحم الله والدَ أعان ولدَهُ على برّهِ

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: “Yaxshilik qilishda o‘g‘liga yoradm bergan otani Alloh taolo o‘z rahmatiga oladi”.

Payg‘ambar alayhissalom farzandlarga tarbiya birishda otaning o‘rni beqiyos ekanligini talim beryaptilar.

Bola tarbiyasida otaning qat'iyati, so‘zidan qaytmasligi muhim ahamiyatga ega. U o‘zining bu tabiatini farzandiga doimo sezdirib turishi zarur. Ona ham o‘z navbatida otaning aynan shu xususiyatini bolaning yodiga solib turmog‘i, shu tarzda farzandini yomonliklardan qaytarmog‘i lozim. Bu borada Payg‘ambar alayhissalom o‘g‘il farzandlarga nimani, qiz farzandlarga nimani o‘rgatishni ham sanab o‘tganlar.

قال رسول الله صلعم:" عَلِّمُوا أولادكم السَّباحةَ والمركبة و الرمى و المرأة المُغزَّل"

Ibn Umar r.a. rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v. marhamat qiladilar: “Farzandlaringizga suzishni, chavandozlikni va merganlikni, qizlaringizga esa tikishni o‘rgatinglar”.

Ayni damlarda farzandlarimiz uchun vaqtimizni ayamasligimiz zarur. Vaqtni o‘tkazib yuborsak afsus kech bo‘ladi. Alloh o‘z kalomida marhamat qiladi:

«Ey iymon keltirganlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oila-laringizni do‘zaxdan saqlangiz» (Tahrim, 6).

Alloh bandalarini baxtli bo‘lshini inobatga olib shul tariqa ogohlantirayapti. Bundan biz o‘zimizni ogoh etishimiz darkor. Bola tarbiyasida e'tibor zarracha susaymasligi lozim, ayniqsa, ilk tarbiya davrida. Chunki, bola tabiatan yaxshilikni ham, yomonlikni ham qabul qilishga tayyor xilqatdir. Ota-onasi uni mana shu ikki tomondan biriga mayl etishiga sabab buladi.

Alloh farzandlarimizni saloxiyatli qilsin.

 I.Amirillayev - Paxtachi tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 26/06/2020 10:20;   Ko‘rilganligi: 2062
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/yosh-avlod-tarbiyasiga-etiborli-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing