O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Oila — jamiyatning asosidir

 
 

Dunyoda hamma narsa juft juft qilib yaratilgan. Inchunin erkagu ayolham.

Erkak va ayolning nikoh orqali juftligi sabab jamiyatning asosiy bo‘lgan oila barpo bo‘ladi, vujudga keladi. Oilani yuritishda dinimiz ta'limotlariga amal qilinadigan bo‘lsa, u haqiqatdaham mustahkam va bardavom bo‘ladi. Bu yo‘lda ota-onalar qavmu qarindoshlar tomonidan qanchadan-qancha yaxshi niyatlar, hatti-harakatlar bo‘ladi. Oilalar mustahkam va baxtli bo‘lishi uchun hukumat tomonidan ulkan ishlar qilinmoqda. Yosh kelin kiyovlarni shar'i nikohdan oldin, tibbiy ko‘rikdan utkazish, ularni oilaga tayyorlash uchun o‘quvlarni tashkil etish va hokazolar so‘zimiz isbotidir.Lekin ming afsuski, oila buzilishi bilan bog‘liq raqamlar ortsa ortmoqdaki, kamaygani yo‘q. Buning esa atroflicha, o‘ziga yarasha sabablari bor.

Abrorov Jahongirxon manbaalar asosida


Kiritilgan vaqti: 17/05/2022 09:53;   Ko‘rilganligi: 771
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/oila-jamiyatning-asosidir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing