O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

ERTA NIKOHNING SALBIY OQIBATLARI

 
 

Barchalaringizga yaxshi ma'lumki, islom ta'limotida insonning joni, aqli va uning sog‘ligini saqlash, muhofaza qilish eng muhim maqsadlardan. Inson uchun eng bebaho boylik bu sog‘lik salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Biroq salomatlik kabi ilohiy ne'matni qadrini ba'zida yo‘qotib, unutib qo‘yayotgandekmiz.

Zero Alloh taolo buyurganidek "O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz" degan. Shu kabi boy berilayotgan narsalardan biri, jamiyatimizdagi kishilarning farzandlarini erta turmushga berishiligidir. Buning oqibati esa, juda salbiy holatlarni keltirib, bir insonning hayotidagi baxtiyor damlarini, orzu-umidlarini, barcha ulug‘ maqsadlarini puchga chiqaradi.

Farzandlarni erta turmush qo‘rishida ota-onalar biroz tafakkur qilib ko‘rsalar. Farzandlar bunga tayyormi? Bu borada uylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Farzandlar oila qurishda e'tiqodiy, ma'naviy, ruhiy, jismoniy tomondan ham tayyor bo‘lishi talab etiladi. Erta turmush qurish natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, tibbiy soha mutaxassislari tomonidan bilidirilgan fikrlar quyidagilardan iborat:

  1. Ayollarda bachadondan qon ketishi.
  2. Folikulalar (tuxumlarni) to‘liq yetilmasligi.
  3. Ko‘proq holatlarda homilalarning jarrohlik bilan olinishi.
  4. Hattoki bachadon folekulalar (tuxumlar) to‘liq yetilmasdan turib, homilador bo‘lish natijasida keyinchalik myomalar (o‘smalar) bo‘lishi xattoki bachadon jarroxlik yo‘li bilan olib tashlashlik.
  5. Bachadonda kistalar (xaltachalar) paydo bo‘lishi xomilaning vaqtidan avval tushishi.

Bundan tashqari boshqa salbiy holatlar, oilaviy ajrimlar, qo‘da-andalar o‘rtasida kelishmovchiliklar hatto yosh kelinlarni ruhiy holatiga qattiq salbiy ta'sir qilib joniga qasd qilishga borganlar. Ularning sanog‘ini oxiri yo‘qdek.

Alloh taolo kalomida: "Bilmagan narsalaringizni ahli ilmlardan so‘rang", deb marhamat qilgan.

Shunday ekan, har bir mo‘min erkak va mo‘mina ayol oila qurishda shu soha mutaxassislari bilan maslahat qilishligi vojibdir.

Dono xalqimizning gaplari borki, "Kasallikni da'volashdan, uni oldini olish yaxshiroq" deyishgan. Shunday ekan, har bir ota-ona sog‘lom millatni voyaga yetkazishda mas'uldir. Sog‘lom millat buyuk ishlarni qilishga sababchidir.

N.Yuldoshev Jomboy tumani "Islom nuri" jome' masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/06/2020 20:21;   Ko‘rilganligi: 1239
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/erta-nikohning-salbiy-oqibatlari
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 03:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing