O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

YOYOL ERIGA AYTMASDAN KO‘CHAGA CHIQSA…

 
 

Bir oilada ro‘zg‘orini butlash uchun ishga chiqqan erning yo‘qligidan foydalangan ayol ikki bolasi bilan eridan beruxsat tez-tez onasinikiga ketib qoladigan odat chiqaradi. Er qayta-qayta nasihat qilib, tanbeh bersada foyda bo‘lmasdi. Hatto aybi uchun kechirim so‘rashni o‘ziga ep deb bilmagan ayol “mehribon” yaqinlarining gapiga uchib, turli bahonalar bilan erining mol-mulkini undirish payida bo‘lardi. Natijada...

To‘g‘ri, dinimizda ayolga nisbatan chiroyli muomala qilish, oziq-ovqat va kiyim-bosh kabilar bilan ta'minlash er zimmasidagi majburiyat sanaladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: "...Ular (ayollar) bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz (bilib qo‘yingki) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin (Niso surasi, 19-oyat).

Bu ilohiy buyruqda erning xotiniga yaxshi muomalada bo‘lishi, ayoli tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishi, ba'zi xatolariga esa ko‘z yumishi lozimligi aytilyapti. Biroq, dinimizda ayollar zimmasiga ham eriga itoatli bo‘lishi, uning roziligi bilan ko‘chaga chiqishi, injiqlik qilmasligi singari majburiyatlar yuklangan. Alloh taolo Qur'oni karimda ayollarga qarata: “O‘z uylaringizda barqaror bo‘linglar (ya'ni, besabab, bo‘lar bo‘lmasga uylaringizdan tashqariga chiqavermanglar,..)”degan (Ahzob surasi, 33-oyat).

Hadislarda ayol er ruxsatisiz uydan chiqmasligi zikr etilgan. Biroq bu - umuman ko‘chaga chiqishi mumkin emasligini anglatmaydi. Aytmasdan ko‘chaga chiqib ketaverish mumkin emasligini eslatadi. Umuman olganda oilaning asosi bo‘lgan er va xotin o‘zaro haqlariga, burch va vazifalariga rioya qilib yashasalar ana shunda mustahkam oila qo‘rg‘oni barpo bo‘ladi va bu qo‘rg‘onni ha deganda buzuvchi topilmaydi. Oilalarimiz tinch-totuv va baxtli-saodatli bo‘lsinlar.   

Botirali RIZAYEV, Samarqand shahar “Panjob jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 28/10/2019 12:14;   Ko‘rilganligi: 2291
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/ayol-eriga-aytmasdan-kochaga-chiqsa
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing