O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Ey ko‘ngil...

 
 

Senda co‘rovim bor, rost co‘yla faqat:

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

So‘zlarimda dashnomu ham nasihat:

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

Bu dunyoni asli bir kam, deydilar,

Iymoni yo‘qning boshi xam, deydilar.

Qiyomatda kiprigi nam, deydilar,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

Xudo degan bandasi xor bulmagay,

Do‘stu dushmaniga hech zor bo‘lmagay.

Dunyo ham ko‘zlariga tor bo‘lmagay,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

To tiriksan, ey do‘st bo‘lgin sen ogoh,

Yaxshi yomonlikka yaratgan guvoh.

Demagin pushaymondin chekibon oh voh,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

Tuproqdir aslimiz, qaytmog‘imiz bor,

Qay bir nokas ani aylaydi inkor.

Solih amal qil chin, qolgani bekor,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

Yo Rabb, o‘zing g‘affor, gunohlarim kech,

Oqlay desam qilmishim co‘z topolmam hech.

Holing so‘ray, toki xotir bo‘lsin tinch,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?

Dil, yodda tut sen mudom Allohni,

Shariati Islom, Rasulullohni.

Haq, yo‘ldan toydirmasin Lutfullohni,

Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?


Kiritilgan vaqti: 19/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 4071
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/ey-kongil
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing