O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

E’tiqod musaffoligi dunyo va oxirat obodligi

 
 

Bizlarni sof aqidaga yo‘llagan Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar! Bizlarga eng mukammal aqiydani bayon qilib bergan Payg‘ambarimizga salavotu durudlar! Bizlarga Islom aqiydasi yetib kelishida xizmat qilgan zotlarning barchalariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin!

Hozirgi kunimizda aqiyda o‘ta dolzarb masalaga aylanib qolgani hammamizga ma’lum. Bu ilmning maqsadi – dinga bo‘lgan ishonchni, diniy aqiydalarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular to‘g‘risidagi shubhalarni rad qilish hamda barcha shar’iy ilmlar kabi ikki dunyo saodatini hosil qilishdir.

«Aqiyda» so‘zi arabcha «aqada» fe’lidan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi. Islom aqiydasi musulmon insonni ma’lum bir narsalar bilan mahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar majmuasidir.

Aslida biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun avvalo o‘sha narsani idrok qilish, keyin esa o‘sha hissiy idrok ilmiy ma’rifatga aylanishi lozim. So‘ngra zamon o‘tishi, boshqa dalillarning sobit bo‘lishi bilan o‘sha ilmimiz tasdiqlanadi va unga bo‘lgan ishonchimiz kuchli bo‘ladi.

Mazkur ilmga bo‘lgan ishonch ongimizda mustahkam ravishda qaror topganidan so‘ng u bizning aqlimizga va qiladigan ishlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan bo‘ladi. Qachonki ma’lum bir ilm bizning fikrimizga aylanib, his tuyg‘ularimizni yo‘llaydigan va harakatlarimizni boshqaradigan holga yetganda aqiydaga aylangan bo‘ladi. Demak, aqiyda ilmga asoslangan bo‘lishi lozim.

Hozirgacha musulmonlarning asosiy ommasi e’tiqod va amal qilib kelayotgan aqiydaviy mazhabning nomi


Kiritilgan vaqti: 07/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2046
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/etiqod-musaffoligi-dunyo-va-oxirat-obodligi
Chop etilgan vaqti: 25/06/2021 17:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing