ER VA XOTIN O‘RTASIDAGI XAQLAR
Oila inson yaratilganidan boshlab davom etib, insoniyat tarixining hamma davrlarida har qanday tuzum va sharoitda kishilarning asosiy va muhim hamda sharafli ishlardan xisoblanib, har qaysi jamiyatning negizi bulib kelayotgan muqqadas narsadir. Shuning uchun insoniyat tarixining barcha bosqichlarida Allox taolo o‘zi yuborgan payg‘ambarlari orqali oila masalasiga alohida axamiyat berib, uning mustahkam bo‘lishi, undan ko‘zlangan maqsad yuzaga chiqishi har qaysi davrga muvofiq nizom va qonunlar joriy qilgan. Islom dinida oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, uning boshlig‘i kim bo‘lishi, farzandlar tarbiyasi, a’zolari o‘rtalarida chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga javob berilgan. Er o‘z xotini oldida ham jismoniy, ham ijtimoiy, ham moliyaviy burchi mavjud bo‘lib, islom shariati o‘zining asosiy manbalari bo‘lmish Qur’oni karim va sunnati nabaviyada ushbu burchlarni mufassal bayon qilib bergan. Alloh taolo Qur’oni karimda erkaklarga xitob qilib:
وعا شروهن با لمعروف
Ya’ni: "....Ular bilan totuv turmush kechiringlar...."(niso,19). deb marhamat qildi. Darhaqiqat, islom dini o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo‘shadi. Bu haqda Rasululloh S.A.V. shunday marhamat qiladilar.
عن عائشة (رض)قال رسو ل الله صلعم:خيركم خيركم لاهله وانا خيركم لا هلي(رواه التر مذي).
Ya’ni:"Sizlarning ichingizdagi eng yaxshi erkak o‘z ahli ayoliga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lganidir. Men esa o‘z ahlimga sizlardan ko‘ra yaxshiroq munosabatdaman". deb marhamat qildilar. Albatta har to‘kisda bir ayb deganlaridek, inson zoti aybu nuqsondan holi emas. Shundoq ekan bizning shariatimiz erkaklarni o‘z ayollarining ba’zi ayblaridan ko‘z yumishga buyurib, oilaning bardavom bo‘lishligini ko‘zda tutgan holda ularga pandu nasihat qilishni tavsiya qiladi. Payg‘ambarimiz S.A.V. o‘z hadislarida:
عن ابي هريرة (ر.ض)قال رسول الله صلعم:لا يفرك مؤمن
مؤمنة ان كره منها خلقا رضي منها خلقا اخر (رواه مسلم)
Ya’ni:اHech bir mo‘min hech qaysi mo‘minani yomon ko‘rmasin. Agar uning xulq atvorlaridan birini, yoqtirmasa boshqa xulqini yoqtirishi mumkin. deb marhamat qildilar. Islom dini erkaklarning martabasini oilaga boshchilik qilishdek sharafli o‘ringa ko‘targan ekan, o‘z navbatida unga ma’lum vazifalarni bajarish mas’uliyatini ham yuklaydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz S.A.V. muborak hadislarida: "Xar birimizning zimmamizdagi xotinlarimizning haqlari nimalardan iborat"? —deb sahobalar so‘rashganda, "O‘zingiz yeganingizdan yedirmoqligingiz, kiyga- ningizda kiydirmoqligingiz, yuziga urmasligingiz, yomon so‘zlar bilan haqorat qilmasligingiz, urushib qolgan taqdiringizda ham (uydan bosh olib chiqib ketmasdan) faqat uyning ichida gaplashmay yurishingiz mumkin" deb marhamat qildilar. “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” deganlaridek, oilani mustahkam tutish maqsadida Alloh taolo ayollar- ning zimmasiga ham ba’zi vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalar xotinning o‘z eri oldidagi majburiyati hisoblanadi. Avvalambor, xotin erining buyurgan buyrug‘iga itoat qilmog‘i lozim. Ayollarning jannatga kirishlariga sabab bo‘ladigan eng asosiy omil erni rozi qilishdan iboratdir. Rasuli Akram S.A.V.marhamat qiladilar:
عن ام سلمة(رض)قال رسول الله صلعم:ايما امرأة ما وزوجها عنها راض دخلت الجنة (رواه الترمذي).
Ya’ni: "Qaysi bir ayol erini rozi qilib olamdan o‘tsa, jannatga kiradi"deb marhamat qildilar. Bundan tashqari mushtarak, ya’ni, er bilan xotin o‘rtalarida bo‘ladigan uni bajarishda hamkorlik qilish lozim bo‘lgan huquqlar ham bor. Bunday huquqlarga sahih aqd nikoh sababli bir-birlaridan foydalanish kiradi. Bundan tashqari er va xotin bir-birlarining— qarindoshlarini hurmat qilish, oilaga keladigan daro- madlarni tejamkorlik bilan sarflash, oila yashab turgan uy-hovlining ichki va tashqi ko‘rinishlarini ozoda saqlab, farzandlarini e’tiqodli, axloqli, o‘qimishli qilib tarbiyalashdir. Alloh taolo yurtimizni obod qilib, undagi oilalarni mustahkam va oila quvonchi bo‘lgan aziz farzandlarimizni e’tiqodli, ilmli, axloqli hamda ota-onasiga rahmat keltiradigan, elu yurtga manfaatli insonlar bo‘lishlarini nasib etsin.
Manba: "www.naqshband.uz"
Kiritilgan vaqti: 04/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2093
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/er-va-xotin-ortasidagi-xaqlar
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:06
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:06