O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

EHSON FAZILATI

 
 

Ishi yurishmayotgan bir kambag‘al yigit donishmand shayx oldiga borib, hayotidan arz qilib nasihat so‘rabdi. Shayx hazrat yigitga boringdan ehson qilib turgin debdi.

Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga yanada ko‘paytirib (savob) beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir. (Baqara surasi 261-oyat).

Yigit uyiga kelib shayx bilan bo‘lgan suhbatini onasiga aytibdi. Shunda yigitning onasi: “O‘g‘lim bizlar bir kambag‘al faqir odamlar bo‘lsak, ehson qilishga hech narsamiz yo‘q. O‘zimiz ehsonga muhtoj bo‘lsak boshqalar bizga ehson qilsinlar, biz ehson qilishimiz kerak emas”, debdi. O‘g‘li onasiga donishmand shayx bekorga bir narsani gapirmaydi aytganini qilaman deb faqirona boridan ehson qila boshlabdi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib donishmand shayxni bir chiroyli bino sohibi ziyofatga chaqiribdi. Ziyofatga borgan shayxni uyni egasi bir vaqtlar donishmand shayxdan nasihat so‘ragan kambag‘al, hozirda esa rizqi keng bo‘lgan yigit kutib olib: “Sizni nasihatingiz tufayli Alloh rizqimizni mo‘l-ko‘l qilib berdi, yana menga nasihat qiling”, debdi. Shunda donishmand shayx:

“Molingga harom aralashmasin, molingni haromga sarflamagin, molingni doimo tozalab turgin va jamiyat oldidagi mas’uliyatingni yoddan chiqarmagin”, deb nasihat qilibdi va saxiy yigitni haqqiga duo qilibdi.

Shu o‘rinda quyidagi oyatlarni eslsh naqadar o‘rinli:

Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymang!

Chunki, isrofgarlar shaytonning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o‘ta noshukr edi. (Isro surasi 26-27 oyatlar).


Kiritilgan vaqti: 07/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2702
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/ehson-fazilati
Chop etilgan vaqti: 16/01/2025 21:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing