O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

QO‘LLAR UCH XIL BO‘LUR...

 
 

Abu Dovudning rivoyatida:
«Qo‘llar uch xil bo‘lur. Allohning qo‘li oliydir. Beruvchining qo‘li undan keyin turur. So‘rovchining qo‘li pastki qo‘ldir. Ortiqchasini ber va o‘z nafsingni (jilovlashda) ojizlik qilma», deyilgan.

Sharh: Bu rivoyatda sadaqa, xayr-ehson beruvchi qo‘l Allohning qo‘liga yaqin qo‘l sifatida vasf qilinmoqda. Shuning o‘zi birovdan biror narsa olishdan ko‘ra, birovga bir narsa berishga urinish uchun yetarlidir. Birovga bir narsa berganda ham o‘zidan ortiqchasini bergan ma'qul ekan. Shu bilan birga, har bir musulmon kishi o‘z nafsini jilovlab, hech narsani tama qilmagani afzal ekan.

«Hadis va hayot» kitobidan

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/04/2022 12:49;   Ko‘rilganligi: 788
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/qollar-uch-xil-bolur
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing