O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Oynachi va telba

 
 

Qadim zamonda bir oynachi bo‘lgan ekan. Bir kuni u o‘z foydasini ko‘zlab bir telbaga debdi: “Agar borib odamlarning oynalarini sindirsang, menga yordam bergan bo‘lar eding, keyin mening ishim yurishar edi”. Devona uning gapiga kirib, oynachining uyiga yugurib boribdi va hamma oynalarini bitta qo‘ymay sindiribdi. Kechqurun uyiga kelgan oynachi buni ko‘rgach qattiq g‘azablanibdi va tebani topib uni koyiy boshlabdi. Shunda u:

– Nega mendan jahling chiqadi, axir oynalarni sindir, deb o‘zing ayting-ku?! - debdi.

         – Men senga boshqalarning uyidagi oynalarni sindir, shunda mening ishim ko‘payadi, degan edim.

         – Agar boshqalarning oynasini sindirsam, ular boshqa oynachini chaqirishlari mumkin edi. Senikini sindirsam, sen hech kimni chaqirmaysan va o‘zingning ishing ko‘payadi, - debdi telba.

         Bilginki, boshqalarga ziyon yetkazish evaziga tirikchilik qilishning oqibati mana shunday bo‘ladi.

Manbalar asosida Urgut tuman “Imom Hasan” jome masjidi imom-xatibi - Hamidulloh TOJIYEV tayyorladi. 


Kiritilgan vaqti: 28/10/2019 16:41;   Ko‘rilganligi: 1301
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/oynachi-va-telba
Chop etilgan vaqti: 20/05/2024 00:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing