Odob inson hayotining go‘zalligidir
Darhaqiqat, hayotning yanada chiroyli va go‘zal bo‘lib davom etishligi insonning odob-axloqiga bog‘liq. Bizning tilimizda "odob" tarzida talaffuz qilinishga odatlanib kolingan, arabcha "adab" so‘zi aslida "madaba" o‘zagidan olingan. Ma'daba esa odamlarni yaxshilikka, manaviy ziyofatga chaqirishni anglatadi. Odob ham odamlar doimo da'vat qilinadigan manaviy “ma'daba” ya'ni ziyorat bo‘lgani uchun shu nomni olgan. Demak, odob yaxshilik demakdir.
Inson hayotining qay tarzida kechishi uning odob-axloqiga bog‘liq hisoblanadi. Odob-axloq go‘zal kishilarning hayotdagi o‘rni ham o‘zgacha bo‘ladi va u bu dunyoni tark yetganda ham faqat yaxshi nom bilan tilga olinib eslanadi
Islom dinida axloqiy tarbiya diniy tarbiyani ajralmas qismi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Din buyurgan hayotda va muomalada kasb yetishga targ‘ib etilgan axloq va fazilatlar islom jamiyatida qadriyat, chiroyli xulq va ma'naviy fazilatlar hisoblanadi
Shuning uchun ham islomda xulqni sayqallashga alohida e'tibor beriladi. Bu ish har bir musulmon uchun lozim va lobud ishlardan biri darajasiga ko‘tariladi
Allox ta'olo qalam surasida "Va albatta sen ulkan xulqdasan"degan (4-oyat)
Bu oyati karima Payg‘ambar alayhissalom uchun katta va oliy bahodur. Allox taolo u zotga xitob qilib, xulqlarini ulug‘lik bilan sifatlamoqda
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Nabiy (s.a.v) :Sizlarning yaxshilaringiz chiroyli xulqlilaringizdur "dedilar
Termiziy, Muslim va Buxoriy rivoyat kilishgan.
Axloq va odobni yaxshi saviyada tutib turish uchun doimo ularni sayqallab turish, buzulishiga qarshi choralar ko‘rish shart hisoblanadi.
Olamlarni yaratgan mehribon va rahmli Robbim barchamizni husni-xulq, odob - axloq egalaridan bo‘lib, go‘zal hayot kechirishimizni nasib aylasin. Amin!
Ro‘ziyev Saydillo Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” jome masjidi imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 11/06/2020 16:24; Ko‘rilganligi: 16774
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:03