O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Mehr oqibat - Inson hayotining ziynatidir

 
 

Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadr-qimmati, obro‘si bo‘lmaydi.

Inson mehr-oqibatni avalo o‘z ota-onasidan oladi, o‘rganadi va yaqinlariga ota-onasiga  o‘sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko‘rmay katta bo‘lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bemehr inson bo‘ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko‘proq e'tibor, ko‘prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o‘zgaradi inshaa Alloh. Paygambarimiz Muxammad sallollohu alayhi vasallamdan bir kuni sahobai kiromlar so‘radilar: “Dunyoni nima qutqaradi ey Allohning rasuli?” Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam; “Dunyoni mehr, rahm-shafqat qutqaradi”,  dedilar.

Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig‘ tutmaylik. Sarvari olam, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning bir xadislarida  shunday rivoyat kilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vassalam sahobalar bilan birga o‘tirganlarida, bir guruh odamlar tobutda mayyitni ko‘tarib o‘tib qoldilar. Shunda ul zot kim vafot etganini suradilar va mayyitni kim ekanligini bildilar. Shunda mayyit yaxshi sifatlar bilan eslandi. Bu holatni kuzatib turgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Yana boshqa safar ham xuddi shunday bir guruh odamlar tobutda bir mayyitni ko‘tarib o‘tdilar. Faqat bu safar u mayitni yomon fe'l va xulqlari aytildi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yana:  “vojib bo‘ldi”, dedilar. Shunda: “nima vojib bo‘ldi ey Allohning rasuli”, deb so‘radilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Birinchi marta olib o‘tilgan mayitni yaxshiliklari haqida guvohlik berdilaringiz,  u mayyitga jannat vojib bo‘ldi. Ikkinchi marta olib  o‘tilgan mayyit haqida  yomonliklarini zikr qildingiz, unga do‘zoh vojib bo‘ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisizlar”, dedilar.

Shunday ekan azizlarim, Yaratganimiz bizni suyib inson qilib yaratdi, iymonli bandalaridan qildi. Shunga munosib yashab, o‘zimiz va farzandlarimizga namuna bo‘laylik, yashab o‘tgan umrimizdan yaxshi iz koldiraylik.

E.Abduvoxidov - Qo‘shrabod tumani “Qiyqim” jome masjidi imom xatibi

 


Kiritilgan vaqti: 08/06/2020 11:08;   Ko‘rilganligi: 2148
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/mehr-oqibat-inson-hayotining-ziynatidir
Chop etilgan vaqti: 19/09/2021 01:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing