O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

ILM-HUNAR EGALLASH FARZDIR!

 
 

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Har bir musulmonga ilm-hunar o‘rganish farzdir deb marhamat qilganlar. Bu hadis hikmatini teran anglagan ota-bobolarimiz hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq kabi kasblar bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratishgan. Farzandlarini ham ilmu hunar o‘rganib, tadbirli bo‘lishlariga alohida e'tibor berishgan.

Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Azmi qat'iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan so‘zlari ham yurtimizda tadbirkorning mavqei azaldan yuqori bo‘lganini bildiradi. Buyuk olim Abdurrahmon Jomiy aytadilar: “Oltin topmaginu o‘rgangin hunar, hunarning oldida xasdir oltin zar”. Dankasalik har vaqt insonni xor qilur – deydilar Abdulla Avloniy bobomiz.

Alloh taolo kalomida shunday marhamat qiladi: “Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik. Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik”. (Naba so‘rasi 10-11)

Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday deydilar: “Kim tilanchilik qilishdan saqlanib, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat ko‘rsatish maqsadida halol yo‘ldan rizq topishga intilsa, qiyomat kuni Alloh taologa yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lib yo‘liqadi”. Demak, kishini halol rizq uchun harakat qilishi ham ibodat hisoblanar ekan.

Muhtaram yurtboshimizning takliflari bilan joriy yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb e'lon qilinishi ayni ko‘nglimizdagi ish bo‘ldi.

Inson o‘ziga berilgan aql-farosati, zehn-idrokini ishga solib, yaxshi niyatlar bilan kasb-hunar, tadbirkorlik, dehqonchilik qilib, oilasini boqishi, el-yurtga foyda keltirishi zarur. Zero, halol mehnat bilan kishi ulug‘ darajalarga yetadi.


Kiritilgan vaqti: 14/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1540
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/ilm-hunar-egallash-farzdir
Chop etilgan vaqti: 29/02/2024 23:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing