O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

DINIY TUSHUNCHALAR ularni bo‘zib talqin qilish yaxshilikka olib kelmaydi

 
 

Ular «shahidlik belbog‘i»ni porlatib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqdalar. Bu kabi harakatlari esa kishilar o‘rtasida fitnani keng yoyish, nizoni avj oldirishdir, holos.

Buzg‘unchi oqimlarning vakillari esa Islom dinining o‘ta nozik va xassoslik bilan yondashish talab etiladigan «takfir», «jihod», «hijrat», «shahid» kabi tushunchalarini turli savodsiz kimsalarning fatvolariga tayangan holda noto‘g‘ri talqin etadi. Jumladan, Islomni niqob qilib, din nomidan ish olib borishga intilayotgan okimlar: «Jihod - musulmonning g‘ayridinlarga qarshi muqaddas urushidir», deydi. Bunday talqin odamlarning ongida dinimiz yovuzlikka, jangu jadal, urush, qon to‘kish, boshqa dindagilarga qarshi kurash olib borishga asoslangan, degan botil tasavvurlar shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu kunlarda Iroq va Suriyadagi g‘alayonlar oqibatida minglab begunoh odamlar qurbon bo‘layotgani, u yerdagi to‘s-to‘polonlarning asosiy sababi oqimlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ekanini alohida ta’kidlash kerak. Zamonaviy salafiylar, jihodchilar kabi buzg‘unchi firqalar «shahid», «jihod» tushunchalarini o‘zlarining g‘arazli maqsadi yulida buzib talqin etayotgani, ayrim johillar esa o‘zini portlatib, aybsiz kishilarning joniga zo­min bo‘lishni «jihod» yoki shahidlik deyishi musulmonchilikka mutlaqo yotdir.

Hozirda internet tarmog‘ida diniy ekstremistik ruhdagi ko‘plab saytlar faoliyat yuritmoqdaki, ularning homiylari insonlarni «jihod» qilishga, sababsiz o‘z yurtidan «hijrat qilib, chiqib ketishga chaqirib, muqaddas Islom dini niqobi ostida o‘zlarining manfur niyatlarini amalga oshirish payida bo‘lmoqdalar. Ularning maqsadi din yo‘lida xizmat qilish emas, balki dunyoviy manfaatga erishishdir. Hali tafakkuri shakllanmagan, ilmi va tajribasi yetarli bo‘lmagan yoshlar bunday saytlarga kirib qolsa, aldoviga uchsa, oqibati qanday ayanchli yakunlanishi kunday ravshan.

O‘zini portlatib, insonlar umriga zomin bo‘lish ulkan gunoh. Shaxsning o‘zini-o‘zi o‘ldirishini «shahidlik» deyish katta xatodir. «Shahid» so‘zi lug‘atda «guvoh» yoki «ko‘rgan-bilgani haqida xabar beruvchi kishi» ma’nolarini ifodalaydi. Din yoki ona vatan himoyasi yulida jon fido etgan musulmon ham «shahid» deyiladi. Shuningdek, «shahid» Alloh taoloning sifatlaridan bo‘lib, «guvohligi ishonchli, xar doim Hozir Zot» degan ma’nolarni anglatadi. Kishining o‘zini-o‘zi o‘ldirishi «o‘z joniga qasd qilish» deb baholanadi. Shariat nuktayi nazaridan bu ish qattiq qoralanadi. Alloh taollo ogoxlantiradi:»... o‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!..» (Bakara, 195);

«Kimda-kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jaxannamda abadiy kolishdir. Yana unga Alloh g‘azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘ygay» (Niso, 93).

Buzg‘unchilarning aldovlariga uchib, o‘zlarini portlatib yuborayotgan kimsa­lar ikki karra katta gunohga qo‘l urishayapti, chunki ular bu qabihlik bilan kanchadan-kancha aybsiz kishilarning ham umriga zomin bo‘lishmoqda. Kuroni karimda:«... Biror jonni uldirmang yoki Yerda (Buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir...» (Moida,32) deyilgan. Shunday ekan, azizlar, doimo ogoh bo‘lishimiz, yaxshi va yomonning farqiga borishimiz, turli buzg‘unchi oqimlar­ning makr-hiylalariga uchmasligimiz lozim.


Kiritilgan vaqti: 26/10/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 2876
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/diniy-tushunchalar-ularni-bozib-talqin-qilish-yaxshilikka-olib-kelmaydi
Chop etilgan vaqti: 23/06/2021 09:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing