Yoshi ulg‘larni e'zozlash - islomiy kadriyatdir.
Dunyo hamjamiyatida ko‘p mamlakatlar bor, har-bir xalqni tarixi, diniy urfu odati va milliy qadriyatlari bor, shu jumladan bizning jonajon o‘lkamizda yashaydigan xalqimizni ham hech bir yurtga o‘xshamaydigan milliy, diniy urfu odat va betakror go‘zal qadriyatlari mavjuddir.
Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarning ko‘ziga xalqimizning milliy qadriyatlari darhol namoyon bo‘ladi, sayyohlarning olqishi va havasiga sazovor bo‘lgan kadriyatlarimizdan biri, yoshi ulug‘, keksa kishilarni yoshlar tomonidan hurmatini joyiga qo‘yib, e'zozlab, mehribonlik ko‘rsatishi milliy va islomiy, dunyoda o‘xshashi yo‘q nodir kadriyatimizdir.
Yoshi ulug‘ insonni ko‘rgan yosh avlodnig darhol salom berishi, qo‘lida yuki bo‘lsa uyigacha olib borib yordam berishi, avtoulovlarda nuroniy otaxon-u onaxonni yoshlarimiz ko‘rsa darhol o‘tirgan joydan turib joy berishi, tabarruk yoshi ulug‘ kishilarni so‘zini bo‘lmasligi, ularning nasihat va o‘gitlariga kuloq solib amal kilishi, hurmat yuzasidan yoshi ulug‘ insonlardan oldin yurmasligi, dasturxon oldida ulardan oldin taomga qo‘l uzatmasligi, ertalab ishga va o‘qishga borayotgan farzand va nabiralar nuroniy bobolariyu momolaridan chin ixlos bilan duolarini olib borishliklari albatta go‘zal va betakror avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan, bir birini hikmatga to‘ldiradigan diniy va milliy kadriyatlarimizdir.
Yurtimizda tabarruk yoshdagi insonlarni hurmat va e'zozlanishining birinchi sababi bu islom talimotidir Alloh taolo qur'oni karimda shunday xabar beradi " AGAR ULARNI ( OTA- ONANGNI) BIRI Yo KI XAR IKKISI XUZURINGDA KEKSALIK YOSHIGA YETSALAR ULARGA UF ! DEMA VA ULARNI JERKIMA ! ULARGA ( DOIMO) YOKIMLI SUZ AYT !
Bu oyati karimani qiyoslaydigan bo‘lsak Alloh taolo avvalo ota-onaga keyin esa hamma yoshi ulug‘ insonlarga yaxshilik qilishga buyuryapti.
Shuningdek, Payg‘ambarimiz alayhissalom ham yoshi ulug‘ kishilarni hurmat kilishga buyurgani malum va mashhurdir.
“Kichiklarimizga rahm qilmagan va kattalarimizni hakkini ado qilmaydigan
kishi bizdan emas" deganlar.
Ko‘hna diyorning urfu odati, dunyoqarashi, tarixi va diniy e'tiqodini mujassam etuvchi bosh qomusimizda shunday yozilgan " mehnatga layokatsiz keksalarning xuquqlari davlat ximoyasidadir".
Va nihoyat hech joyda yozilmagan lekin ta'siri juda kuchli bo‘lgan holat, har bir yoshi ulug‘ inson jamiyat, mahalla, qo‘ni-qo‘shni ko‘z ostida va doimiy nazoratidadir.
Azizlar, demak yoshi ulug‘larni hurmat qilib e'zozlash qadimdan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilatdir, islom-diniy bilim bilan mustahkamlanib, ziynatlashgan milliy va diniy qadriyatlar sirasiga kiradi.
Keksalarining xizmatini qilib, duosini olgan xalqning kelajagi baxtli-saodatli bo‘lajak, in shaa Alloh.
Mamatqulov Akmal Samarqand shahar “Obi rahmat” jome masjidi imom-xatibi.
Kiritilgan vaqti: 02/06/2020 09:13; Ko‘rilganligi: 1468
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:42