O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

INTERNETDAN FOYDALANISH ODOBLARI

 
 

Avvalo internetdan foydalanmoqchi bo‘lgan inson niyatini to‘g‘ri va xolis qilmog‘i lozim. Albatta, musulmon inson xar bir ishda odob bo‘lgani kabi, internetdan foydalanishda ham yaxshilikni, shariatda ruxsat bergan ishlarga munosib tarzda, ish qilishi va niyat qilishi lozimdir. Ana shunday ish qilsagina manfaat topadi va ko‘zlagan maqsadiga ham erishadi.

Alloh taolo G‘ofir surasida marhamat qiladi: “U Zot ko‘zlarning xiyonatini ham, qalblar yashirgan narsalarni hm bilur”. (19-oyat) Zotan musulmon kishi hamma yerda ham barcha zamonlarda ham va har qanday vaziyatda ham bajaradigan yumushlari-yu, ish faoliyatini shariatga muvofiq qilishi lozimdir. Ammo ming afsuslar bo‘lsinki, saytga kiradigan bazi odamlar hayotida o‘zlariga ravo ko‘rmaydigan behuda narsalarni saytga bemalol qo‘ya olishadi. Shuning uchun ham saytlarga kiradigan har bir odam birinchi navbatda o‘zining musulmon ekanligini unutmasligi kerak bo‘ladi. -Internetga kirishdan oldin ish rejasini yaxshilab tuzib olishi kerak.

-Internetda ko‘riladigan va o‘qiladigan va eshitiladigan narsalarning barchasi shariatda ruxsat berilgan bo‘lishi shart.

-Sayt egalarining manaviy – marifiy huquqlarga rioya etishi musulmonchilik burchidir.

-Ishxona yoki boshqa shaxsning intrnetidan ruxsatisiz foydalanishi mumkin emas.

-Bolalarning internet va kompyuterdan foydalanishi oqilona va etbor bilan yo‘lga qo‘yish kerak.

-Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda o‘ziga tanlagan ismning go‘zalligiga etbor berishi kerak.

-Internet orqali o‘zgalar bidan aloqa qilishda shariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man etilgan ishlardan yiroqda bo‘lishi talab etiladi.

- Internet orqali o‘zgalar bidan aloqa qilishda nomahram rasmlar masalasida juda ehtiyot bo‘lish lozim.

- Internet orqali o‘zgalar bidan aloqa qilishda ish aynan internet orqali nikohlanishgacha yetib bormasligi kerak.

- Internet orqali o‘zgalar bidan aloqa qilishda yolg‘on ishlatmaslik, soxtakorlik ila uydurma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik lozimdir.

- Internet orqali o‘zgalar bidan aloqa qilishda bahs – munozara har qancha qizisa ham, birovga ozor berishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi.

“Rasululloh sallallohu alayhi vasallam” “Albatta kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomning husnidandir”, dedelar.

Shuning uchun ham doimo internet saytdlaridan foydalanishda odob va etibor bilan foydalanishimizni Alloh taolo barchamizga nasib etsin. AMIN.

Muallif: M. Jomonqulov – Bulung‘ur tuman “Sarqipchoq” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 21/09/2019 13:24;   Ko‘rilganligi: 8533
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/culture/internetdan-foydalanish-odoblari
Chop etilgan vaqti: 29/02/2024 23:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing